O‘zbekiston | 11:39 / 19.01.2023
3214
1 daqiqa o‘qiladi

Boltiqbo‘yidagi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Olainfarm kompaniyasi direktorlar kengashining raisi Yuris Bundulis bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Olainfarm o‘rtasidagi sarmoyaviy hamda texnologik hamkorlik masalalari, shuningdek,  mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirgan holda qo‘shma sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar transport-logistika masalalarini tezkorlikda hal etishda faol hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdilar.

Olainfarm shirkati rahbarlari investitsiya, texnologik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni oshirish orqali Olainfarm kompaniyasining O‘zbekistonda uzoq muddatli mavjudligini kengaytirish istiqbollariga ishonch bilan qarashi bildirildi. Latviya tomoni ilg‘or Yevropa standartlari asosida mahalliy kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirishni maqsad qilgani qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid