O‘zbekiston | 08:45 / 19.01.2023
4371
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Singapur ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Mahalliy startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Singapur ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasi bilan biznes-inkubatorlarni yaratish va rivojlantirishda Singapur tajribasini o‘rganish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Osiyo raqamli samaradorlik indeksida Singapur raqamli infratuzilma, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga investitsiyalar va AKT qonunlari bo‘yicha Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. Uning startap ekotizimlari esa dunyoda yetakchi o‘rinni va Jahon bankining biznes yuritishning qulayligi 2020 global reytingida 2-o‘rinni egalladi.

Singapurda biznes ochish uchun atigi 2 ta bosqichdan o‘tish kerak va ular qisqa muddatda ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi jihatidan arzon va minimal kapital to‘langan holda yakunlanishi mumkin. Shuningdek, Singapur Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida dunyoning kuchli uch davlati qatoridan joy olgan.

Shu sababli, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Singapur ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasi bilan biznes-inkubatorlarni tashkil qilish va rivojlantirishda Singapur tajribasini o‘rganish bo‘yicha ham shartnoma imzolandi.

Singapur ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasi hozirda 10 ta sanoat guruhiga bo‘lingan va har bir sanoatning o‘ziga xos ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish uchun tegishli xizmatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 5 000 ga yaqin a’zolarga ega.

Federatsiya huzurida trening markazi mavjud, shuningdek o‘z faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarga barcha biznes yuritishga yordam ko‘rsatadigan yetakchi biznes-inkubatorlar tarmog‘ini boshqaradi.

Mazkur kelishuv doirasida mamlakatimizda tashkil etilgan biznes-inkubatorlar rahbarlari va mutaxassislaridan iborat delegatsiyalarni Singapur tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitida joriy qilish maqsadida Singapurga yuborish masalalari ham rejalashtirilgan. 

Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid