Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbar xodimlar Singapurda malaka oshiradi
O‘zbekiston prezidentining Singapurga davlat tashrifi doirasida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ham qator hamkorlik bitimlari imzolandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ushbu kelishuvlar qanday qo‘shma loyihalarni o‘z ichiga olishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Tashrif asnosida tibbiy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish, ilg‘or davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va farmatsevtika yo‘nalishlari bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Xususan, davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra endilikda Nanyang Polytechnic International universiteti bilan hamkorlikda yurtimizdagi davolash-profilaktika muassasalari xodimlari soha boshqaruvi, tibbiyot injyeneriyasi, tizimda axborot texnologiyalari, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha Singapurda malaka oshiradi va qayta tayyorlanadi.
Shuningdek, bu yerda tibbiyotimiz uchun muhim hisoblangan hamshiralar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shma loyiha uchun aynan bu oliy ta’lim dargohining tanlanishi bejiz emas. Chunki 1992 yilda tashkil etilgan ushbu muassasa nafaqat Singapur, balki jahondagi eng yaxshi davlat universitetlaridan biridir. Xususan, u ilmiy izlanishlar sifati bo‘yicha (QS) dunyo oliy o‘quv yurtlari reytingida 19-o‘rinda turadi.
2007 yildan hozirgi kungacha bu yerda 40 ta davlatning 20 mingdan ortiq mutaxassislari o‘z malakasini oshirgani ham mazkur o‘quv yurtining salohiyati nechog‘li yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi», deydi vazir.
Ma’lumot uchun, bir oy avval ushbu universitetda 23 nafar o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab qaytgandi. Joriy yil mart oyidan bu boradagi hamkorlik ko‘lami yanada kengayadi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
07:15 / 08.11.2025