Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya ombudsmani qo‘shma qabuli tashkil qilinadi
4 ta davlat ombudsmani huquqlari cheklangan yoki buzilgan fuqarolarni birgalikda qabul qiladilar.
Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya ombudsmanlari hamkorligida fuqarolar qabuli tashkil etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Akyikatchi instituti matbuot xizmatiga tayanib, 24.kg xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Moldova ombudsmanlari bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.
Ombudsmanlar o‘z mamlakatlari fuqarolarining huquq va erkinliklari buzilganligi ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida bir-birini xabardor qiladilar, o‘z vakolatlari doirasida inson huquqlarini tiklashga hissa qo‘shadilar.
2023 yilda ombudsmanlar quyidagi tadbirlarni rejalashtirmoqda:
- huquqlari cheklangan yoki buzilgan fuqarolarni birgalikda qabul qilish;
- fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish;
- ish, ta’lim, davolanish va boshqa maqsadlarda o‘z davlatlaridan tashqariga chiqayotgan fuqarolar uchun qo‘shma axborot kampaniyalari;
- inson va fuqaroning huquq va erkinliklari sohasidagi eng dolzarb qiyinchiliklarni birgalikda muhokama qilish.
Hamkorlik doirasida tomonlar migrantlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘z mamlakatidan tashqarida ovoz beradigan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026