Qozoğistonda yoqilği-moylaş materiallarini çegaradan noqonuniy olib ötişning oldini oliş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu haqda hukumatdagi brifingda energetika vaziri örinbosari Qayirxon Tutqişbayev ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.

Uning sözlariga köra, amaldagi çoralardan biri çegaradoş davlatlardan transport vositalarining kirişini çeklaş böldi.

«Hozir çegaradoş davlatlardan yuk va yengil transport vositalari Qozoğiston hududiga kuniga bir martadan ortiq kirişi mumkin emas», dedi Qayirxon Tutqişbayev.

«Noqonuniy yoqilği eksporti»ga qarşi kuraşga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb davom etdi u.

«Asosiy işlar hozir yoqilğini noqonuniy olib çiqiş uçun işlatiladigan qöşimça yonilği baklari bölgan avtomobillarni aniqlaş böyiça olib borilmoqda. Bu iş bilan IIV, Moliyaviy monitoring agentligi, Çegara xizmati va bojxona organlari birgalikda şuğullanmoqda», dedi vazir örinbosari.

Amaldorning sözlariga köra, çegara hududlarida yoqilğini noqonuniy olib çiqişga urinayotgan tartibbuzarlar muntazam ravişda aniqlanyapti.

«Bugungi kunda Qozoğistondan yoqilği-moylaş materiallarining «kulrang» eksportini oldini olişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda», deb xulosa qildi Tutqişbayev.

Qozoğistonda ayrim turdagi neft mahsulotlari va yengil distillyatlarni temir yöl transportida olib çiqiş taqiqlangan. Iyun oyi oxirida respublika boş vaziri Öljas Bektenov çegaralarda nazoratni kuçaytiriş va yoqilği tanqisligiga yöl qöymaslik böyiça topşiriq bergan edi. Şu bilan birga, Qozoğiston Energetika vazirligi uni Rossiyaga yetkazişga ruxsat berdi.

Rossiyada yoqilği tanqisligi muammosi may oyi oxirida paydo böldi. Benzin savdosiga çeklovlar allaqaçon 30 dan ortiq hududda joriy etilgan. Kreml Rossiya yoqilği importi böyiça muzokaralar olib borayotganini aytgan, ammo qaysi davlatlardan ekani aniqlanmagan.