Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rheinmetall Ukrainaga 100 tagacha Leopard 1 tanklarini yetkazib berishga tayyor
Germaniya harbiy sanoati Ukrainaga jangovar tanklarni yetkazib berishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Handelsblatt sanoatdagi manbalarga tayanib.
Foto: Wikipedia
Germaniyaning Leopard 2 tanklaridan tashqari, avvalgi rusumdagi Leopard 1 tanklari ham Kiyevga o‘tkazilishi mumkin. Bu yil Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni ushbu tanklardan 20 tasini, yana 80 tasini esa 20 oy ichida ta’mirlab, qayta jihozlashi mumkin.
Bu Bundesverning o‘z zaxiralarini kamaytirmasdan tanklarni Kiyevga o‘tkazish imkonini beradi, deb yozadi gazeta.
Bundan tashqari, Rheinmetall Ummondan Britaniyaning Challenger-1 tanklarini sotib olishga va modernizatsiya qilishga tayyor, deya xabar beradi Handelsblatt manbalari.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda Germaniyaning cheksiz yordamiga ishontirgandi.
Germaniya Ukrainaga «doimiy ravishda» va xalqaro hamkorlar bilan Rossiya urushda mag‘lub bo‘lishi uchun «katta miqdorda qurol» yetkazib beradi, dedi u Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiya o‘zining «imperialistik maqsadlariga erisha olmadi», Ukraina esa «o‘zini katta jasorat va muvaffaqiyat bilan himoya qilmoqda».
Germaniya kansleri o‘z nutqida va keyinroq jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berish ehtimoli haqidagi bayonotlardan bosh tortdi.
Shols Germaniya Ukrainani sifat jihatidan yangi darajadagi harbiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlarni faqat ittifoqchilari bilan birgalikda qabul qilishini aytdi. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransiyani eslatib o‘tdi. «Bu bizning strategiyamiz», dedi Germaniya hukumati rahbari hamda u hali ham NATO va Rossiya o‘rtasida urush yuz bermasligi uchun harakat qilishga intilayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026