Ta’til davomiyligining tez-tez özgarişi va uning keç e’lon qilinişi, ayniqsa, uyidan uzoqda öqiydigan talabalarning sarson bölişiga olib keldi. Bu haqda talabalarning özi nima deydi? Qattiq sovuqda yotoqxonalarda şaroit qanaqa? Kun.uz muxbiri şu kabi savollarga javob oliş uçun Toşkentdagi talabalar şaharçasida böldi.
Şaharçadagi bir neçta talabalar turar joyini kirib körganimizda, guvohi böldikki, asosiy muammo – isitiş tizimida. Şunday bölsa-da, talabalar qabul qilinyapti.
Masalan, Özbekiston Milliy universitetining fizika fakultetiga qaraşli ikkinçi talabalar turar joyiga şu kungaça 8 nafar talaba qabul qilingan.
“Erta kelgan talabalar yotoqxonalarga joylaştirilyapti. Xonalar sovuq. Ayrim talabalar şuning uçun qaytib ketişyapti”, – deydi fakultet tyuteri.
Universitetning jurnalistika fakulteti dekani örinbosari Ravşan Omonovning aytişiça, asosan talaba qizlar issiq yotoqxonaga joylaştirilyapti – OTMning yotoqxonalari içida faqat bittasi şunday imkoniyatga ega. U ham bölsa, xorijlik talabalar turadigan, alohida öz qozonxonasiga ega birinçi talabalar turar joyi.
“Ta’til uzayganini yölga çiqqanimdan keyin bildim. Men özi uçinçi yotoqxonada turaman, u yer sovuqligi uçun bizni birinçi talabalar turar joyiga joylaştirişdi. Bu yerda xonalar issiqqina”, – deydi talaba qizlardan biri.
Ammo hamma talabalar ham bunday imkoniyatdan foydalana olmaydi. TTJdagi xonalar sovuqligi yoki yotoqxonaga qabul qilinmagani uçun çiqib ketayotgan talabalarni ham uçratdik.
“Özim xorazmlikman. Poyezdda keldim. Toşkentga yetib kelganimdan keyin öqituvçim telefon qilib, ta’til uzaytirildi, qaytib ketaver, dedi. Nima qilişimni bilmay qoldim. Hozir sovuq deb yotoqxonadan ham çiqarib yuborişdi. Kurs rahbarimning yoniga ketyapman. Gaplaşib köray, agar qolişning imkonini topolmasam, ilojsiz uyga qaytib ketaman”, – deydi şunday talabalardan biri.
Aksariyat talabalar ta’til uzaytirilgani ertaroq e’lon qilinmaganidan norozi.
“Biz duşanba kuni yölga çiqqan bölsak, ta’til uzaytirilgani haqidagi xabar seşanba kuni – dars boşlanişidan bir kun avval çiqyapti. Ğalati-da bu. Qaşqadaryodan keldim. Yöllar muzlagan, kelib-ketiş osonmas. Yana bir haftada darslar boşlanadi. Yotoqxona sovuq deyişdi. Qarindoşimnikida turibman hozir”,











