Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya O‘zbekistonga suv resurslarini boshqarishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Shvetsiya Dengiz va suv xo‘jaligi agentligi mutaxassislari o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Kun.uz
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar va rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Mazkur sohada ikki idora o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Shvetsiya agentligi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun onlayn-seminar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida ekspertlar darajasida qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish hamda seminar muddati va mavzusini belgilab olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
07:18 / 05.05.2026