Jahon | 23:36 / 23.01.2023
12507
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Xersonda «referendum» tashkil etishda ishtirok etgan shaxs sudlandi 

Bu Rossiya tomonidan o‘tkazilgan «referendum» ishtirokchilari ustidan birinchi sud mahkamasi bo‘ldi. 

Foto: AFP

Ukraina sudi Xerson viloyatida yashovchi ayolni «Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum»ni tashkil etishda ishtirok etgani uchun kollaboratsiya faoliyati haqidagi modda bo‘yicha besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hukm birinchi marta chiqarilmoqda. 

Shuningdek, sudlanuvchi 10 yil muddatga davlat organlarida lavozimlarni egallash va saylov jarayoni bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etildi. 

Novoaleksandrovka qishlog‘ida yashovchi fuqaroga nisbatan UXX tomonidan to‘plangan materiallar asosida ish ochilgan. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, ayol «referendum»da saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan. 

Ayblanuvchi saylovchilar ro‘yxatini tuzgan, odamlarni «saylov uchastkalariga» kelib, Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun ovoz berishga chaqirgan, deyiladi UXX xabarida. 

Novoaleksandrovka Ukraina harbiylari tomonidan ozod qilinganidan so‘ng, ayol «barqarorlashtirish choralari» paytida hibsga olingan. Ayblanuvchi tergov bilan hamkorlik qilgan. 

2022 yil 23-27 sentabr kunlari Rossiya Ukrainaning qisman bosib olingan Donetsk, Lugansk, Zaporojjya va Xerson viloyatlarida «referendumlar» o‘tkazdi va keyin bu hududlarni annexia qildi. Noyabr oyida rus qo‘shinlari Xerson viloyatining bir qismini tark etishdi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid