“Zo‘ravonlikka uchrasangiz, 1146 qisqa raqamiga murojaat qiling” - Ra’no Turdiboyeva
“Men hech kimga kerak emasman” degan fikrdan yiroq bo‘ling”, deya zo‘ravonlikka uchragan ayollarga murojaat qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva. Kun.uz muxbiri ayollar reabilitatsiya markazining qisqa raqami haqida xotin-qizlarni xabardor qilish uchun ommaviy SMS xabarnoma tarqatishni taklif qildi.
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollar 1146 qisqa raqamlari orqali reabilitatsiya markazlariga bog‘lanishlari yoki mahalladagi xotin-qizlar faollariga murojaat qilishlari mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva Kun.uz'dagi podkastda aytib o‘tdi.
“Keng jamoatchilikka yetib borishi uchun aytib o‘tmoqchiman. Hurmatli ayollar, “men hech kimga kerak emasman” degan fikrdan chetda bo‘ling, sizning murojaat qiladigan joyingiz bor. 1146 qisqa raqami orqali reabilitatsiya markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Agar buning iloji bo‘lmasa, ya’ni ayolda shaxsiy telefon bo‘lmaganda mahalla xotin-qizlar faollariga aytishsin.
Ayol eri tomonidan zo‘ravonlikka uchrashi mumkin bo‘lgan vaziyatda ularga yordam berishning imkoni bor – ular chorasiz emas. Faqat shu murojaat qilish mumkinligini bilishlari kerak”, – dedi Turdiboyeva.
Respublikaning hamma hududlaridagi ayollar ham bunday raqam borligidan xabardor emas. Kun.uz jurnalisti ularni xabardor qilish uchun mobil kompaniyalar tomonidan SMS-xabarnomalar yuborish samarali yo‘l hisoblanishini aytdi.
“Bugun deyarli hammada mobil telefon bor. Mobil kompaniyalar faoliyatidan foydalanamiz. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shunday kompaniyalar bilan hamkorlikda har bir ayolga SMS-xabarnoma shaklida 1146 raqami borligi, ruhiy, jismoniy, jinsiy zo‘ravonliklarga uchraganda shu raqam orqali murojaat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot berishi kerak.
Agar murojaat qilish imkoni bo‘lmaganda mahalla faollariga murojaat qilish mumkinligi haqida haftada bir marta xabar berilishi kerak. Bu juda oson va arzon usul hisoblanadi. Chunki ayollar qayerdan yordam olishni bilmasdan, taqdirga tan berib, barcha stresslarni ichga yutadi. Oqibatda esa bu alamlarini bolalaridan oladi, bundan bolalar zarar ko‘radi. Shu taxlit tarbiyalangan bola ertaga ota-ona bo‘ladi va undan ham xuddi shunday natija kutiladi”, – dedi jurnalist Gulmira Toshniyozova.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari bu masalaga mablag‘ ajratish ko‘rib chiqilishini aytdi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi
Jahon | 23:00
-
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
Jahon | 22:58
Mavzuga oid

18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi

13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025