Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 19:21 / 26.01.2023
8165
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yettita memorandum imzolandi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmonlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hamkorlik doirasida memorandumlar imzolandi.
Foto: 24.kg
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi doirasida ikkala mamlakatning yuzdan ortiq ishbilarmonlari hamkorlik masalalarini muhokama qilib, bir qator hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Jumladan,
- Qirg‘iziston zargarlar va tadbirkorlar uyushmasi va O‘zbekiston «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi «O‘sh viloyati hududiy boshqarmasi» muassasasi va O‘zbekiston Respublikasi Andijon hududiy savdo-sanoat palatasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- JIA biznes uyushmasi va O‘zbekiston eksportyorlari assotsiatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risida;
- Qirg‘iziston farmatsevtika ittifoqi va O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Qirg‘iziston Respublikasining «Ekoeksport» MChJ va O‘zbekiston yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida;
- Qirg‘iziston turoperatorlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston turizm investorlari assotsiatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Bazalt wool kompaniyasi va «Fast grupp» MChJ o‘rtasidagi 20 mln dollarlik hamkorlik to‘g‘risida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026