Narxlar qanday özgardi?

Narxlar tahliliga nazar taşlasak, 7 yanvar kuni Toşkent şahridagi markaziy dehqon bozorlarida 1 kg ulgurji narxi 3500-4000 söm bölgan piyoz 16 yanvarga kelib 40 foizgaça qimmatlaşgan bölsa, ayni kunlarda sotuvda 9000-10 000 söm atrofida. Ötgan yilning şu davri bilan taqqoslaganda esa poytaxt markaziy bozorlarida 1 kg piyozning örtaça bahosi 4 baravarga qimmatlaşgan.

Bozorlardagi arzonlaştirilgan rastalarga zaxiradagi qişloq xöjaligi mahsulotlari çiqarilib, piyozning çakana narxi 5000 söm etib belgilab qöyilgan.

Qançalik xavotirli?

Hisob-kitoblarga köra, 2023 yilning 20 yanvaridan 30 apreliga qadar tibbiy me’yorlar böyiça aholining piyozga bölgan iste’mol talabi örtaça 346 ming tonnani taşkil etadi.

Buning asosiy sababi sifatida, respublikada joriy yilning 9 yanvaridan 17 yanvarigaça bölgan keskin sovuq (örtaça -13 darajadan -22 darajagaça) sababli, yoqilği-energetika sohasida vujudga kelgan muammolar va mahsulotni taşiş logistikasi tizimida yuzaga kelgan uzilişlarni körsatiş mumkin.

Keskin sovuq natijasida dehqon bozorlaridagi ayrim oçiq rastalarda saqlangan piyoz mahsulotlari muzlab qolgan (muzlaş harorati -5 daraja) hamda noqulay ob-havo şaroiti natijasida taklif, ya’ni bozorga mahsulotni olib keliş hajmi pasaygan.

Içki iste’mol bozor narxini arzonlaştiriş, aholining iste’mol talabini qondiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida, Özbekiston 2023 yilning 1 yanvaridan 4 oyga piyoz eksportiga vaqtinça çeklov örnatdi.

Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotlariga köra, joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini körsatmoqda. Şunday bölişiga qaramay, mutaxassislarning tahlillariga köra, aholining iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qöşimça 26,5 ming tonna piyoz kerakligini körsatmoqda. Uşbu mahsulotlarni import qiliş böyiça xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.