«Roskomnadzor» MRB va FQBning saytlarini blokladi
Nazorat qiluvchi organ kirish «feyklar tarqatganlik uchun» cheklanganligini tushuntirdi. MRB Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga rozi bo‘lmagan rossiyaliklar bilan hamkorlik qilish niyatini bildirdi.
Rossiya hududida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) va Federal qidiruv byurosi (FQB) veb-saytlariga kirish cheklandi. Tegishli ma’lumotlar 27 yanvar, juma kuni «Roskomnadzor» servisida internetdagi saytlarning sahifalariga kirish bo‘yicha cheklovni tekshirish uchun paydo bo‘ldi.
Servis ma’lumotiga ko‘ra, www.cia.gov, www.fbi.gov va rewardsforjustice.net saytlariga kirish cheklangan. «Roskomnadzor» MRB va FQBning veb-saytlari «Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan materiallarni tarqatgani uchun» bloklanganini, bu saytlarda «noto‘g‘ri ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlarini obro‘sizlantiradigan» materiallar aniqlanganini tushuntirdi.
Noyabr oyida MRB razvedka xizmati boshlig‘i Devid Marlou uning agentligi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga rozi bo‘lmagan rossiyaliklar bilan hamkorlik qilish niyatida ekanini va bunday odamlarni butun dunyo bo‘ylab qidirayotganini aytdi. May oyida MRB rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda rus tilida maxsus eslatmalarni tarqatdi, ularda razvedka xizmati bilan qanday qilib xavfsiz bog‘lanish kerakligi tushuntirilgan. MRB rasmiysi jurnalistlarga ko‘rsatmalar «Rossiya hukumati olib borayotgan adolatsiz urush tufayli MRB bilan bog‘lanishga majbur bo‘lganlar» uchun ekanligini aytdi.
The Wall Street Journal gazetasi MRB sobiq xodimlariga tayanib, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi harbiylar, tadbirkorlar va Ukrainaga bosqin boshlanganidan keyin Rossiyani tark etgan barcha odamlar orasida yangi agentlarni yollash uchun qulay zamin yaratganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, FQB ijtimoiy tarmoqlarda turli tillarda, jumladan, rus tilida reklama kampaniyalarini muntazam ravishda olib boradi. Masalan, yanvar oyida razvedka xizmati Facebook'da safarbarlik hayotni tubdan o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi va FQB agentlari bilan bog‘lanishni so‘radi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron mazlum maqomini saqlab qolishga harakat qiladi - Rabbimov
Jahon | 21:19
-
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 21:10
-
Tramp neft narxining ko‘tarilishi «dushmanga qo‘l kelishini» aytdi
Jahon | 20:43
Mavzuga oid

20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

09:22 / 27.03.2025
MRB direktori: «Ukraina qurolsiz bo‘lsa ham jang qiladi»

20:10 / 06.03.2025
MRB oxirgi ikki yilda yollangan xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Ularni o‘qitishga millionlab dollar sarflangan

18:39 / 05.02.2025