Joriy yilning 30 iyul kuni Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida, Toşkentdagi INHA universiteti, SIS (Singapore International School) va International Coding Platform örtasida imzolangan tört tomonlama memorandumning asosiy maqsadi, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari ta’lim metodologiyasi asosida faoliyat yuritadigan ta’lim dargohlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytirişdan iboratdir.

Memorandum öz içiga akademik, ilmiy va innovatsion yönalişlar böyiça özaro manfaatli hamkorlikni, qöşma öquv dasturlarini işlab çiqişni hamda öqituvçilar va talabalar örtasida turli sohalarda bilim va tajriba almaşinuvini qamrab oladi. Jumladan, hamkorlik doirasida Singapur xalqaro maktabining öquvçi-yoşlari bilimlarini mustahkamlaş va yoş avlodning imkoniyatlarini oşiriş yuzasidan tilşunoslik, axborot texnologiyalari, iqtisodiy fanlar va yumşoq könikmalarni rivojlantirişni amaliy maşğulotlarda keng joriy qiliş böyiça takliflar işlab çiqiladi.

Yuqoridagi ta’lim muassasalari rahbarlari örtasidagi muzokaralarning muhim mavzularidan yana biri, onlayn kurslarni işlab çiqiş, interaktiv treninglar, forumlar, muhokamalar ötkaziş hamda öquv materiallarini almaşiş va talabalar faoliyatini monitoring qiliş imkonini beruvçi yagona öquv jarayonini boşqariş (LMS) tizimini yaratişdan iboratdir.

Şuningdek, tadbir doirasida yana bir muhim kelişuvga erişildi. Unda Cambridge Learning Center, TSMRI va SIS örtasida hamkorlik yölga qöyilib, çet tillarini öquvçi-yoşlarga örgatişda faol hamkorlikni amalga oşiriş hamda yurtimiz ravnaqi uçun hissa qöşuvçi malakali kadrlar yetkazib beriş borasida birgalikda faoliyat olib boriş kabi masalalar közda tutilgan. 

Reklama