Renessans ta’lim universitetida yangi 2024/2025 öquv yilining boşlanişiga bağişlangan tantanali uçraşuv bölib ötdi. Öquv binosi hovlisida taşkil qilingan tadbirda 10 ming nafardan ortiq talabalar hamda ularning ota-onalari iştirok etdi.

Tadbir tabrik hamda yangi öquv yiliga qadam qöygan talabalarni qutlaş bilan boşlandi. Renessans ta’lim universiteti talabalarining sport va fan olimpiadalarida erişgan yutuqlari tilga olindi.

Bayramning asosiy qismida ötgan öquv yilini a’lo baholarga tamomlagan hamda universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy işlarda faol bölgan 20 nafar talabaga 100 foizlik grant berildi.

 Universitetda kunduzgi, sirtqi va keçki ta’lim şakllarda, şuningdek, ikkinçi mutaxassislik böyiça özbek, rus va ingliz tillarida yuqori malakali bakalavriat talabalari tayyorlanadi.

Ularga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvçilari bölgan xalqaro va mahalliy professorlar dars beradi. Jamoada 207 nafar: 27 nafar fan doktorlari, professorlar, 87 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 14 nafar doktorantlar, 79 nafar sohaning yetakçi mutaxassislari assistent, katta öqituvçilar faoliyat olib borişadi. Universitetning ilmiy salohiyati 56 foizni taşkil etadi.

Renessans ta’lim universitetida gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiyot, işlab çiqariş, texnik xizmatlar sohasida 40 ga yaqin yönalişlar mavjud. Bundan taşqari, universitetda 7 ta kafedra, 12 ta bölim, axborot resurs markazi, ustoz-şogird ilmiy maktablari faoliyati yölga qöyilgan bölib, 4 yil davomida talabalar matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogika va psixologiya, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank işi, moliya, buxgalteriya, soliq, axborot tizimlari, IT, dizayn böyiça zarur bilim va könikmalarga ega böladi.