Jahon | 16:26 / 30.01.2023
20763
7 daqiqa o‘qiladi

Xerson va Xarkivdagi uylar yana o‘qqa tutildi, qurbonlar bor. Urush suratlari

Ukrainada urushning 340-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Xersonni o‘qqa tutdi. Natijada shahar fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan, jumladan oblast klinik shifoxonasi ham. Uch kishi halok bo‘lib, yana olti kishi yaralangan.
  • RF armiyasi Xarkiv bo‘ylab ham zarbalar yo‘lladi. Raketa shahar markazidagi ko‘p kvartirali uyga kelib tushgan, bir kishi halok bo‘lgan.
  • Qalmiqiya oliy lamasi Telo Tulku Rinpoche (Erdni Ombadikov) Ukrainadagi urushga qarshi gaplari uchun «inoagent» deb e’lon qilingach, lavozimini tark etdi.
  • Ukrainlar tank ekipaji Challenger 2 tanklarini boshqarishni o‘rganish uchun Buyuk Britaniyaga uchib bordi. Ukrainaning ushbu mamlakatdagi elchisiga ko‘ra, harbiy xizmatchilarni tayyorlash jarayoni kamida bir yoki bir yarim oy vaqt oladi.
  • Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlari Melitopol rayoni Svetlodolinskoye posyolkasida Molochnaya daryosi uzra o‘tgan temiryo‘l ko‘prigi o‘qqa tutilganini xabar qildi. Bu zarba oqibatida besh kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi yaralangani ma’lum qilingan.

Xerson o‘qqa tutilishi

29 yanvar kuni Rossiya qo‘shini Xerson bo‘ylab zarbalar berdi. Shahar shifoxonasi, fuqarolik infratuzilma obektlari (aynan qanday obektlar ekaniga aniqlik kiritilmagan) va turar joylar o‘qqa tutilgan. Shuningdek Xerson portida turgan xorijiy kompaniya kemasi zarbadan shikastlangan, natijada Dnipro daryosiga neft sizib chiqishi kuzatilgan. Jami uch kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangani ma’lum.

Xersonda zarbadan shikastlangan turar joy binosi atrofidagi ukrainalik politsiyachilar
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Xersondagi ko‘p qavatli turar joy binosi pod’yezdida turgan ukrainalik qutqaruvchi. Zinada tinch aholi vakillaridan birining jasadi yotibdi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik shifokorlar zarba oqibatida halok bo‘lgan kishilardan birining jasadini olib ketishmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar vayron bo‘lgan turar joylardan birida chiqqan yong‘inni o‘chirishmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Xarkivdagi turar joy binosiga raketa kelib tushishi

29 yanvar kuni kechqurun Rossiya Xarkivni o‘qqa tutdi. Bu haqda Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov o‘z telegram-kanalida xabar qilgan. Raketa shahar markazidagi Kiyev rayonida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib tushgan, bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jabrlangan.

Xarkivda o‘qqa tutilgan turar joy binosi
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joyda ishlayotgan ukrainalik qutqaruvchilar
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda o‘qqa tutilgan turar joy binosida ishlayotgan ukrainalik qutqaruvchilar
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan tinch aholi vakili tez yordam mashinasida
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida temiryo‘l bekati o‘qqa tutilishi oqibatlari

29 yanvar kuni Ukraina qurolli kuchlari istilo ostidagi Ilovaysk shahridagi temiryo‘l stansiyasini o‘qqa tutdi — bu shahar Donetskdan 43 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Ukraina nashrlari yozishicha, zarbalar kelgan vaqtda rossiyalik harbiylar stansiyada texnika tushirayotgan bo‘lgan. Xabar qilinishicha, shaharga o‘n daqiqa ichida HIMARS tizimidan otilgan sakkizta raketa uchib kelgan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma’lumot berilmagan. «DXR» rasmiylari Ilovaysk o‘qqa tutilganini tasdiqlagan.

Nikolay Trishin / TASS
Nikolay Trishin / TASS

Donbassda oldingi chiziqdagi ukrainalik harbiy shifokorlar

Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, yanvar oyi oxirida regiondagi vaziyat jiddiy keskinlashdi. «Bizda Baxmut yo‘nalishi oldindan eng qaynoq nuqta edi va shundayligicha qolmoqda. Endi esa Avdiyivkada ham vaziyat jiddiylashgan. Biz amalda butun front bo‘ylab keskinlikka guvoh bo‘lmoqdamiz — janubda ham, shimolda ham», — degan u. Kirilenko Rossiya qo‘shini shaxsiy tarkib va zirhli texnikalar bo‘yicha jiddiy yo‘qotishlarga uchramoqda — shu tufayli «yerni yondirish» taktikasiga o‘tishmoqda. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, RF armiyasi front liniyasidagi aholi yashash manzillari: Avdiyivka, Vuhledar, Toretsk va Baxmutni faollik bilan o‘qqa tutmoqda. Quyida oldingi chiziqdagi ukrain jangchilari va harbiy shifokorlar faoliyati aks etgan suratlar.

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik feldsher yarador askarlardan birining zirhli nimchasini qondan tozalamoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Halok bo‘lgan ukrainalik jangchi jasadini olib ketayotgan ukrain harbiy shifokorlari
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi Svyatogorsk lavri

Donetskdan taxminan 160 kilometr masofada joylashgan Svyatogorsk shahri 2022 yil 10 iyun kuni Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi. Shu bilan birga Shimoliy Donning ikkinchi sohilida joylashgan erkaklar monastiri Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolgandi. Lavrda nafaqat monaxlar, balki tinch aholi vakillari ham yashiringan. Ukraina sentabr oyidagi qarshi hujum davomida Svyatogorskni ozod etdi. Shundan so‘ng atrofdagi shahar va qishloqlardan uylari vayron bo‘lgan yuzlab kishilar lavrga ko‘chib kelishdi. Bundan tashqari, monastirda gumanitar yordam yig‘ish markazi tashkillashtirilgan.

Svyatogorsk lavrining Shimoliy Don orqali o‘tgan va vayron bo‘lgan ko‘prik ortidan ko‘rinishi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid