Yo‘l harakati sohasidagi asosiy prinsiplarga o‘zgartirishlar kiritilyapti
Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, turli qoidabuzarliklar sodir etilishi, insonlar o‘limi bilan bog‘liq mudhish holatlar oldini olishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Qonun loyihasida yo‘l harakati sohasidagi asosiy prinsiplarga ham o‘zgartirishlar kiritilayotgan bo‘lib, endilikda yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashda ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofaza qilinishining ustuvorligi, mahalliy aholi va yo‘l harakati ishtirokchilari fikrining inobatga olinishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlar ham qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi davlat yo‘l harakati xavfsizligining vakolatlari kengaytirilmoqda.
Deputatlar qonun loyihasini muhokama qilar ekan, uning nihoyatda zarurligiga e’tibor qaratdi. Fraksiya a’zolari ekstremal iqlim sharoitlari, tabiiy ofatlar, avariyalar, yong‘inlar yoki texnogen xususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda insonlar hayoti va sog‘lig‘i himoyalanishi yuzasidan taklif va tavsiyalarini berib, qonun loyihasini ma’qulladi.
Mavzuga oid
15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi
17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat
09:22 / 25.07.2023
Yaponiya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi loyihani amalga oshirishi mumkin
13:58 / 20.07.2023