2 fevral kungi ob-havo ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 2 fevral, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, Ustyurtda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy viloyatida ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, ba’zi joylarda 12-14 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi
10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.