Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Ukrainaga Leopard tanklari yetkazib berishni rejalashtirmoqda
Ispaniya Leopard 2A4’ni Ukrainaga birinchilardan bo‘lib yetkazib berishni rejalashtirmoqda - uning tarkibiga tiklangan to‘rtta-oltita tank kiradi, deb yozadi Ispaniyaning El País gazetasi Madriddagi hukumat manbalariga tayanib.
Foto: Wikipedia
Nashrning ta’kidlashicha, yakuniy ko‘rsatkich Saragosadagi 41-logistika qo‘llab-quvvatlash guruhida o‘n yil davomida saqlangan 53 ta tankning holatiga bog‘liq.
Qayd etilishicha, Ispaniya Mudofaa vazirligi ularni zudlik bilan qayta tiklash bo‘yicha harbiy sanoat bilan muzokaralar olib bormoqda, shuningdek, boshqa mamlakatlarning hissasi bo‘yicha qarorlarni kutmoqda.
Avvalroq Ispaniya Yevropa darajasidagi dastlabki kelishuvga ko‘ra Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berish jarayoniga qo‘shilishi xabar bergandi.
El País gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid arsenalida 347 ta Leopard tanki mavjud.
Bundan oldin Niderlandiya Ukrainaga 18 ta Leopard 2 tankini berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar berilgandi.
Niderlandiya buning uchun Germaniyadan ijaraga olingan jangovar mashinalarni sotib olishga tayyor. Bu haqda bosh vazir Mark Ryutte Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:47 / 28.05.2025
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
07:31 / 30.07.2024
Germaniya Ukrainaga yana sakkizta Leopard tankini topshirdi
14:24 / 16.07.2024