Ispaniya Ukrainaga yana 10 ta Leopard 2A4 tankini jönatdi, deb xabar qildi qirollik mudofaa vazirligi 15 iyul, duşanba kuni. Xabarda ta’kidlanganidek, jangovar maşinalar Alkala-de-Gvadayra şahrida kapital ta’mirdan çiqarilib, sinovdan ötkazildi. Tanklardan taşqari Ispaniya «bir neçta izli ekskavatorlar va sezilarli miqdordagi tankka qarşi raketalarni» topşirmoqda. 

Ukraina uçun harbiy yuk 13 iyul kuni Ispaniya şimolidagi Ferrol portidan jönab ketdi. Kelgusi hafta oxirigaça u Polşaga yetib borişi va u yerdan quruqlik transportida Ukraina hududiga olib ketilişi kutilmoqda. 

Şu tariqa, Madrid Kiyevga 20 ta Leopard tankini topşirdi, deya qayd etdi Ispaniya mudofaa vazirligi. 2024 yilning ikkinçi yarmida Leopard’ning yana bir partiyasini Ukrainaga ötkaziş rejalaştirilgan, deya qöşimça qildi idora.

Madrid Kiyevga 1 milliard yevrolik qurollarni topşiradi

May oyi oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes Ispaniya va Ukraina örtasida xavfsizlik kafolatlari böyiça ikki tomonlama kelişuvni imzoladilar. Hujjat, xususan, joriy yilda Ukrainaga Ispaniyadan umumiy qiymati 1 milliard yevrolik qurol-yaroğ va harbiy texnika berişni nazarda tutadi. 

El Pais ma’lumotlariga köra, uşbu paketning bir qismi sifatida Ukraina Patriot havo mudofaa tizimi uçun zenit-raketalar, 19 ta işlatilgan Leopard 2A4 tanklari va öq-dorilarni olişi kerak.