Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish haqida bayonot berildi
«Aq Jo‘l» demokratik partiyasi qachonlardir Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘istonning «Aq Jo‘l» demokratik partiyasi mamlakat taraqqiyotning Yevropa yo‘lini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda yevropacha yondashuvlarni, hayot sifatining Yevropa standartlarini joriy qilishi kerak, deb hisoblaydi.
Shu bois, kelgusida «Aq Jo‘l» partiyasi Qozog‘istonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda, dedi partiya yetakchisi Azat Peruashev.
«Bizning tanlovimiz – «Aq Jo‘l» demokratik partiyasining tanlovi – Yevropa taraqqiyot yo‘lidir... «Alash» yetakchisi Alixon Bokeyxon yozganidek, biz kelajakni G‘arb davlatlarining eng yaxshi yutuqlariga qo‘shilishda ko‘ramiz. Qolaversa, «Aq Jo‘l» partiyasi uzoq muddatli istiqbol sifatida nafaqat Yevropa yondashuvlarini joriy etish, balki Qozog‘istonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi masalasini kelajakda qachonlardir qo‘yishni ham ko‘rib chiqadi», dedi Peruashev.
Yevropa yo‘liga misol tariqasida Peruashev adolatli saylovlar o‘tkazish, buning uchun elektron ovoz berish tizimini joriy etish, mustaqil va adolatli sud yaratish, demokratiya va parlamentarizmni rivojlantirish zarurligini aytdi.
Qozog‘istonning «Aq Jo‘l» demokratik partiyasi Qozog‘istondagi o‘ng qanot siyosiy partiya bo‘lib, o‘zini «konstruktiv muxolifat» deb biladi. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, partiya a’zolari soni 175 mingdan ortiq. U hokimiyat tepasidagi prezidentga aloqador «Nur Otan» partiyasiga «qulay raqib» hisoblanadi va ko‘pincha shu sababli tanqidlarga uchragan.
Mavzuga oid
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:52 / 02.06.2026
YeI migrantlar bo‘yicha qonunchilikni yanada qat’iylashtirmoqda
20:11 / 01.06.2026