Kelişilgan narx dizel kabi yuqori darajada tozalangan mahsulotlar uçun bir barrel uçun 100 dollarni, mazut kabi arzonroq neft mahsulotlari uçun bir barrel uçun 45 dollarni taşkil etadi.
Siyosat «Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşidan foyda körişining oldini oliş» va energiya bozorlarida barqarorlikni saqlaşga qaratilgan, deyiladi bayonotda.
Rossiyada 1 fevral, çorşanba kuni «döst bölmagan» mamlakatlarga neft yetkazib berişni taqiqlaş kuçga kirdi, bu Rossiya neft mahsulotlariga narx çegarasini joriy qilgan davlatlarga tegişli.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 27 dekabr kuni imzolangan farmoniga köra, agar şartnomalarda «töğridan töğri yoki bilvosita narxlarni çeklaş mexanizmidan foydalaniş nazarda tutilgan bölsa», Rossiya nefti va neft mahsulotlarini xorijiy fuqarolar va kompaniyalarga yetkazib beriş taqiqlanadi.
Çeklangan narxda neft eksportiga faqat prezident ruxsati bilan yöl qöyiladi. Taqiq 1 fevraldan 1 iyulgaça amal qiladi. Neft mahsulotlarini yetkazib berişni taqiqlaş muddati hukumat tomonidan belgilanadi.


















