“Yangihayot tumanidagi 12 yaşar qizning ayançli ölimi barçani çuqur qayğuga soldi. Internet olamidagi muhokamalar, xalqning ğazabi va albatta yoşgina qizaloqning nobud bölgani mamlakatimizda bolalar xavfsizligi töliq ta’minlanmaganligini körsatadi.

Bu holatda qizça begona şaxs tomonidan zöravonlikka uçragan. Şaxsan menga yuborilayotgan murojaatlar orasida oila a’zolari, buvasi, ögay akasi yoki ögay otasi tomonidan muntazam jinsiy zöravonliklarga uçrayotgan bolalar ham topiladi. Hatto 4–9, 10–14 yoşli bolalarga nisbatan jinsiy zöravonliklar amalga oşirilyapti. Albatta bu juda açinarli holat. Bunday murojaatlarni öqiş juda oğir. Axir bolalar himoyaga muhtoj-ku. Bu holatlarni özimiz nazoratga olib, Boş prokuraturaga rasmiy xat bilan murojaat qilyapmiz”, deb yozadi Aliya Yunusova.

Qayd etişilişiça, Özbekiston 1995 yil 31 avgustda «1966 yil 16 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktga doir fakultativ bayonnoma”ga qöşilgan. Uşbu hujjatga asosan mamlakatimizda ölim jazosi bekor qilingan va bu davlatimizning xalqaro majburiyati hisoblanadi.

Aliya Yunusova bolalarga nisbatan qöllanadigan jinsiy zöravonliklarga beriladigan jazo turini kuçaytiriş orqali yuqoridagi holatlarga barham beriş mumkinligini, şu bois Bola huquqlari böyiça vakil bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan şaxslarga eng oğir jazo turi qöllanişi hamda ularga heç qanday amnistiya akti yoki afv etiş asosida jazodan ozod qiliş, jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş qöllanmasligi kerak degan pozitsiyada turganini alohida ta’kidlagan.

“Bolalar ombudsmani murojaatlar tahlili va ötkazgan örganişlari davomida takliflar tayyorlab, tegişli taşkilotlarga yuborilgan. Bundan taşqari, bolalarga yaratilgan şaroitlarni örganib, aniqlagan kamçiliklar böyiça tavsiyalar berilgan. Lekin şu bilan birgalikda, bolalar şaxsan özlari Bolalar ombudsmaniga murojaat yuborişlari uçun qisqa işonç telefonlari faoliyatini zudlik bilan yölga qöyiş lozim.