Jahon | 11:57 / 04.02.2023
9144
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya neft mahsulotlari uchun narx chegarasi: AQSh va G7 Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatladi

G7, Avstraliya va AQSh Kreml Ukrainadagi urush uchun mablag‘ topishini imkonsiz qilish uchun Rossiya neft mahsulotlarining yuqori narxlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

Foto: Reuters

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning yettilik guruhi (G7) va Avstraliya Rossiya neft mahsulotlarining cheklangan narxlari bo‘yicha kelishuvga erishdi - bu YeIning xuddi shunday bayonotidan keyin yuz berdi. 3 fevral, juma kuni bu haqda guruh bayonotida aytilgan.

Kelishilgan narx dizel, kerosin va benzin kabi yuqori darajada tozalangan mahsulotlar uchun bir barrelga 100 dollarni, mazut kabi arzonroq neft mahsulotlari uchun esa 45 dollarni tashkil etadi.

Siyosat «Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushidan foyda ko‘rishining oldini olish» va energiya bozorlarida barqarorlikni saqlashga qaratilgan, deyiladi bayonotda.

Qo‘shma Shtatlar ham xuddi shunday yo‘ldan bormoqda. 5 fevral kuni soat 00:01 dan (Toshkent vaqti bilan 10:01) Vashington shuningdek, Rossiya neft mahsulotlarining toifasiga qarab bir barrel uchun 100 dollar va 45 dollar darajasida narx chegarasini joriy qiladi, deb ma’lumot berdi AQSh Moliya vazirligi.

«Bizning niyatimiz Rossiya iqtisodiyotini qulatish emas», dedi AQSh Moliya vazirligi vakili CNN telekanaliga. Suhbatdoshning qo‘shimcha qilishicha, Vashingtonning vazifasi - «Kremlga iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va shu bilan birga, Ukrainadagi urush uchun pul topishni imkonsiz qilish».

«Biz e’tibor qaratayotgan asosiy narsa - daromadlarning to‘xtatilishi», dedi rasmiy. «Biz RF harbiy-sanoat kompleksi va ta’minot zanjiriga ham zarba bermoqdamiz, shunda ular (Rossiya rasmiylari) mavjud mablag‘dan o‘zlariga kerakli qurollarni sotib olish uchun foydalana olmaydi», — qo‘shimcha qildi u. 

Germaniyaning Handelsblatt ishbilarmonlik gazetasi avvalroq ta’kidlaganidek, Yevropaga yetkazib berish uchun bir barrel dizel yonilg‘isi yaqinda xalqaro birjalarda taxminan 100-120 yevro ekvivalentiga sotilgan. 

Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari, shu munosabat bilan, narxlarning chegarasi Yevropa Ittifoqi tomonidan kelishilganidan pastroq bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. 

Mavzuga oid