Aprel oyi ikkinçi ön kunlik boşlarida mamlakatning bir qança hududlarida havo harorati +30...+35 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Iqlimşunos Erkin Abdulahatov Kun.uz studiyasida ob-havo sohasidagi oxirgi kutilmalarni tahlil qildi.
Mart oyida kuzatişlar tarixidagi eng yuqori anomal harorat rekordlari yuz berdi. Martning uçinçi ön kunligida esa juda ham köp hududlarda, ayniqsa, vodiy viloyatlari, toğli hududlar va toğ etaklarida yil davomida yoğadigan yoğingarçilikning qariyb 15-20 foizi yoğdi.
“Örganişlar böyiça qaraydigan bölsak, hozirgi aprel havosining özi may oyidagi kabi muhitni beryapti. Bu, albatta, qişloq xöjaligi uçun biroz noodatiy. Aprel oyi boşlarida, xususan, 4-5 aprel kunlari köplab hududlarimizda kam miqdorda bölsa-da, yoğingarçilik kuzatildi. Aslida dehqonçilik uçun asosiy yomğirlar aprelning dastlabki kunlarida yoğişi kerak. Bu yoğingarçiliklar çaqmoq va momaqaldiroq bilan keladi va tuproqqa köproq suv ulaşadi. Ammo aprel boşlarida respublika böylab ekin maydonlarida yetarliça yomğir yoğmadi. Masalan, Samarqand viloyati markazida juda kam, 4-5 millimetr yoğingarçilik kuzatildi. Bu noyabr örtasi, noyabr-mart oyining uçinçi ön kunligiga nisbatan 10-20 baravar kam”, – deydi iqlimşunos.
Uning aytişiça, şiddatli va mayin yomğirlar orasida farq bor. Navröz arafasidagi yoğingarçiliklar çaqmoq, momaqaldiroq xodisalari fonida yuz berdi va bu mayin, ya’ni tuproqqa köproq suv ulaşadigan yomğirlar turiga kiradi.
“Şiddatli yomğirlar sel-suv toşqinlari hamda tuproqda namgarçilikni hosil qilib, sirpanişni yuzaga keltiradi, ya’ni tuproq sirpanib oqib ketadi va qatqaloq hodisalari kuzatiladi. Bu yil respublikaning vodiy viloyatlarida yoğingarçilik 10-20 millimetr atrofida normal miqdorda yoğdi, Toşkent va Namangan viloyatlaridagi toğlarda hatto 40 millimetrdan köp böldi. Mazkur miqdor 400 tonna suv demakdir va u vodiy viloyatlarida yil davomida yoğgan yoğingarçilikning 20-30 % ini taşkil etadi. Toğlar uçun esa yil davomidagi körsatkiçning 10 % iga teng”, – deydi Erkin Abdulahatov.
2025 yil boşida Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida ham yaxşi yoğingarçilik kuzatildi, lekin toğ etaklari sarhadining janubiy ya’ni asosiy ekin maydonlarida köp bölmadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, ayniqsa, Navoiy va Buxoro viloyatlarida yomğir juda kam yoğdi. Iqlimşunosning aytişiça, mazkur holat öz-özidan uşbu hududlar uçun suv bilan boğliq muammoni keltirib çiqaradi.
“Boşqa joylar bilan soliştiradigan bölsak, respublikaning bu hududlarida yoğingarçilik juda kam böldi, çunki tabiiy yomğirlar oz yoğmoqda. Uşbu hududlarda issiq ob-havo kuzatilyapti, aprelda ham mart oyining sönggi ön kunliklaridagidek qariyb +30 darajaga yaqin harorat saqlanib turibdi. Tungi temperatura ham yuqori. Sodda qilib aytganda, ob-havo xuddi bir oy oldinga surilib qolgandek: mart oyining örtalaridan boşlab biz qariyb bir oy oldingi haroratni qabul qilgandek bölyapmiz”, – deydi Erkin Abdulahatov.
Uning ta’kidlaşiça, bu yil toğlarda qor kam töplanişi tufayli daryo va soylarda yil davomida suvning kamroq bölişi kutilmoqda. Martdan may oyigaça respublikaning köplab hududlarida qurğoqçilik, yoğingarçilik kuzatilib, vaziyat yomonroq bölişi mumkin. Buni rasmiy tuzilmalar ham öz prognozlarida tasdiqlagan. Masalan, Cuv xöjaligi vazirligining gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga asoslangan prognozlari respublika daryo havzalarida me’yorga nisbatan suğoriş davrida oz miqdorda suv şakllanişini körsatmoqda. Unga köra, Surxondaryo viloyatlarida apreldan oktyabrgaça 70-80% suv töplanişi kutilmoqda, ya’ni me’yordan ança kam. Qaşqadaryo havzasida ham 65-75%, bu esa me’yordan deyarli 40% oz. Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarini suğoradigan Zarafşon daryosi toğ havzasida ham 75-85% miqdorda suv şakllanişi kutilmoqda, bu körsatkiç ham normadan ança kam. Amudaryoning asosiy irmoği atrofidagi toğlarda köproq qor yoğgani tufayli 90-100% lik ya’ni me’yoriy miqdordagi suv töplanişi kutilmoqda.
“Hozirgi issiq davrda mart oyining aprel kabi, aprel oyining may kabi his qilinayotgani fonida bu miqdor yetarli emas. Kuçli issiq kuzatilayotgan iqlim şaroitida mintaqa uçun köproq suv talab etiladi. Misol uçun, vodiy viloyatlarining janubiy Söx, Şohimardon toğlarida 95% miqdorda suv şakllanişi mumkin. Uşbu hududlardagi daryo havzalarida qor zaxiralari va muzliklar borligi sababli bu yil köproq yoğingarçilik bölişi kutilmoqda. Qoradaryoda suv miqdori 70-80% miqdorda şakllanadi, bu körsatkiç ham juda past. Sirdaryo va Farğona vodiysi viloyatlarining şimoliy daryolarida, masalan, Govasoy, Çot, Çortoq, Posçotasoy, Namangan kabi yirik daryolarda ham suv me’yordan ança kam, 75-80% miqdorda töplanadi.
Norin daryosida vaziyat biroz yaxşi, mart oyining sönggi ön kunliklarida yoğingarçilik köp bölgan va qor zaxirasini şakllantirgan, bu ötgan oylardagi vaziyatni yaxşilagan. Çirçiq, Ohangaron, Toşkent viloyati daryolarida ham suv zahiralari me’yordan oz ekanligi ma’lum. 2025 yilda deyarli juda köp daryolarimizda me’yordan ança kam miqdorda zahira töplanişi kuzatilmoqda, ayniqsa, Qaşqadaryo va Surxondaryo daryolarida sezilarli darajada suv taqçilligi yuzaga kelişi mumkin”, – deydi iqlimşunos.
Aprelning keyingi ön kunligida ob-havo qanday bölişi kutilmoqda?
Aprel oyining boşlarida issiq ob-havo kuzatildi. Respublikaning markaziy, janubiy va toğli hududlarida yoğingarçiliklar yaxşi böldi. Ötgan haftadan hozirgaça(10.04.2025 holatiga) issiq harorat foni saqlanib turibdi. Ya’ni köplab hududlar, asosan, vohada +32, +33 darajada harorat kuzatilyapti. Bu öz-özidan janubdan nam havo oqimlari kirişini yuzaga keltiradi.
“8-9 aprel kunlari Özgidromet respublikaning sakkizta viloyatida sel xavfini e’lon qildi. Sel Surxondaryo viloyatiga ertaga keçqurun kirib keladi, Qaşqadaryo viloyati va toğli hududlarda yoğingarçiliklar kuzatilişi mumkin. Bu yoğinlar 12 soat davomida 15-25, 25-50 millimetr oraliğida yoğadi. Ya’ni jala körinişida katta massadagi yoğinga aylanişi ehtimoli bor. Ammo bu jarayon Navoiy, Samarqand, Jizzax va Toşkent viloyatining katta hududlari hamda Farğona vodiysining markaziy hududlari uçun tegişli emas.
Uşbu havo massalari haroratning keskin qizib ketişi tufayli asosan toğ va toğ etaklarida kuzatiladi. Mazkur hududlarda sel va toşqin xavflari yuzaga kelişi mumkin. Asosiy havo oqimining birinçi yönalişi Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlariga kirib kelişini hisobga olsak, bu hududlarda çaqmoq, momaqaldiroq, hattoki, döl hodisalari ham kuzatilişi mumkin. Sel va toşqinlar yuz berişi ehtimoli ham bor va bu ayni toğ etaklaridagi qişloq xöjaligi ekin maydonlariga zarar keltirişi, qatqaloq holatlari ham paydo bölişi mumkin”, – deydi Erkin Abdulahatov.
Uning sözlariga köra, 11-12-13 aprelda, ya’ni nam havo oqimi ötib ketgandan keyin juda ham issiq harorat kuzatiladi, avvaliga şimoliy, keyin markaziy hududlarda(Xorazm, Buxoro, Navoiy). 10 aprel kunida şimoliy hududlarda haroratning kötarilişi davom etadi va 11-12-13 aprel kunlari soat 14:00 da harorat +32, +36 darajagaça kötariladi. Bu temperatura aprel oyining hozirgi muddatlari uçun kuzatuvlar tarixida kuzatilmagan issiqlik bölişi ya’ni rekord yangilanişi mumkin.
Hozirda Yevropa hududlariga arktik sovuq havo oqimlari kirib kelyapti. Xorijiy ob-havo byurolari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Turkiya, Italiya mamlakatlarining toğli hududlari -20 darajagaça sovub ketişi, hattoki, qor yoğiş ehtimoli prognozlari taqdim etilyapti. Şu örinda töğridan töğri savol tuğiladi: bahorda bizning hududda ham issiq havo oqimi orqasidan salqinlik kuzatilişi mumkinmi? Sovuq havo oqimlari kirib kelsa, bu mahalliy qişloq xöjaligi mahsulotlariga ta’sir körsatmaydimi ya’ni sovuq urişi hodisalari yuz bermaydimi?
Erkin Abdulahatovning ta’kidlaşiça, Kaspiy va Orol dengizlari qizib ketib, quyoş botayotganida uning ğarbiy qismlarida keskin pasayiş kuzatilmoqda. Bu 10 aprel holatiga köra havoning normal qiymatidan çetlanişlar yuzaga kelayotganini körsatadi. Respublikamizning şimoliy hududlarida aprelda havo harorati me’yoriy qiymatdan 16-20 daraja yuqori bölişi qayd etilmoqda. Bundan kelib çiqib aytiş mumkinki, kelgusi kunlarda rekord haroratlar kuzatilişi mumkin va bu issiq harorat faqatgina kun davomida emas, balki keçqurun ham saqlanib turadi.
12 aprel kunida mamlakatga sovuq havo harorati kirib keladi. Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatlarida 9-10-11 aprel kunlariga nisbatan sezilarli salqinlik kuzatiladi. Ya’ni agar yengil kiyimlarda yurilgan bölsa, asta-sekin qalinroq kiyimlarga ötiş tavsiya etiladi. Qoraqalpoğiston va şimol hududlarda 12-13 aprel, dam oliş kunlarida +30 darajali harorat pasayib, asta-sekin +20 darajali harorat ya’ni bahoriy ob-havo qaytadi. Vodiyda esa harorat kötariladi, şuningdek, Toşkent viloyatida ham me’yordan 8-12 daraja yuqori issiqlik kuzatilişi ehtimoli bor.
“12-13 aprelda sovuq havo oqimlari kelişi ortidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini sovuq urib qolmaydimi, degan savollar paydo bölmoqda, xavotirlarga örin yöq. Rosgidromet tomonidan taqdim etilgan ob-havo prognozi modeli körsatayotgan karta böyiça tahlil qiladigan bölsak, 12-13 aprel kunlari tungi minimum haroratlar şimoliy hududlarda +8,+12 daraja atrofida böladi. Qişloq xöjaligi maydonlarida sovuq urişi uçun 0 darajali harorat kuzatilişi kerak. Kelayotgan sovuq havo oqimi mintaqamizga salqinlik beradi va mazkur haroratda sovuq urişi ehtimoli juda kam”,– deydi iqlimşunos.
Respublikaning katta hududlarida aprel oyining ikkinçi ön kunligida, 14 apreldan keyin issiq haroratdan söng salqin ya’ni mart oyi oxirlaridagiga xos bölgan harorat tölqinlari kuzatiladi, kuçli sovuq bölmaydi. Xususan, kelayotgan 15 kunlikda Surxondaryo, Qaşqadaryo va vodiy viloyatlari hamda Toşkent viloyatining ayrim hududlarida öşa davrdagiga nisbatan salqinlik kuzatilmaydi.
14-21 aprel kunlari vodiyda yoğingarçiliklar köproq, toğli hududlar, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Buxoro viloyatida kamroq böladi.
Ob-havo kutilmalaridan kelib çiqib qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislariga qanday tavsiyalar beriladi?
Bu yilgi mart va aprel oylarida ğayritabiiy ob-havo ya’ni yuqori harorat kuzatilyapti va bu öz-özidan qişloq xöjaligi tarmoqlarida noodatiyroq yondaşuvlarni qöllaşni taqozo etadi. Iqlimşunosning qayd etişiça, qöy va çorvalarni toğlarga olib çiqişga hali erta. Baland toğli hududlarga çorvalarni olib borişni 20 aprel sanasidan keyinga möljallaş maqsadga muvofiq.
Asalariçilik bilan şuğullanuvçilar ayni vaqtda Karpat asalarilarini toğlarga olib çiqişga tayyorgarlik körişyapti. 14-21 aprelda biroz salqinlik kuzatilişini hisobga olsak, iqlimiy muhitdan kelib çiqib asalarilarni öşa sanalardan söng toğlarga olib boriş tavsiya etiladi.
Paxta, buğdoy yoki boşqa ekin turlari uçun suğoriş davrlari boşlanyapti. Bu yil yoğingarçiliklar quvvati kutilganidek yuqori emas. Şu sabab, agronomlar ösimliklar suv talabi asosida suğoriş işlarini rejalaştirişlari, agro tadbirlar va agroğöğitlaş masalalariga kuçliroq e’tibor qaratişlari lozim.
9-10-13 aprel kunlari respublikaning katta hududlarida may oyining sönggi kunlarida röy beradigan issiqlik rekordi kuzatilişi mumkin. Qişloq xöjaligi ekin maydonlari hududlarida mana şu issiq uruşiga qarşi ehtiyot çoralari körilişi kerak. Bundan taşqari, salomatligimizga alohida e’tibor qaratişimiz zarur, çunki bu issiqlik foni ultrabinafşa nurlar bilan birgalikda havoda kislorod yetişmovçiligini keltirib çiqaradi, harorat qötarilgan paytlarda salqin joylarda yuriş tavsiya etiladi.










