Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktoker Valeriy Yugay qamoqqa olindi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB boşliği matbuot kotibi Bobur Tölaganov xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, u 2024 yilning oktyabr–noyabr oylarida Janubiy Koreyada bölgan vaqtida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali millatlararo nizo keltirib çiqarişi mumkin bölgan, milliy qadr-qimmatni tahqirlovçi hamda diniy e’tiqodga köra fuqarolarni kamsituvçi sözlar bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qator haqoratli çiqişlar qilgan.
Tiktoker joriy yilning 25 mart kuni Abu Dabi-Samarqand reysi orqali Özbekistonga keltirilib, huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan protsessual tartibda uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








