Özbekistonda Xitoyning Leapmotor brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlaş uçun arizalar qabuli töxtatilgandi. Bunga şu brendga tegişli S16 avtomobilida aniqlangan kamçilik sabab sifatida keltirilyapti.

Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasining ma’lum qilişiça, mazkur transport vositasida hosil böladigan elektromagnit şovqin darajasi ruxsat etilgan çegaradan 16 barobar yuqori bölgan.

Leapmotor holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

“Sönggi paytlarda internetda Özbekiston Texnik tartibga soliş agentligi Leapmotor C16 elektromagnit moslik sinovidan öta olmagani haqida ogohlantiriş xati bergani töğrisida xabarlar paydo böldi.

Bunga javoban, Leapmotor batafsil tekşiruv ötkazdi va quyidagilarga aniqlik kiritdi:

Ogohlantiriş xatida körsatilgan avtomobil Leapmotor tomonidan yuborilmagan. Test qanday şart-şaroitlarda ötkazilgani noaniq bölgani uçun biz test natijalari böyiça fikr bildirişdan tiyilamiz.

Masalaga oydinlik kiritiş uçun Özbekiston Texnik tartibga soliş agentligi bilan faol muloqot qilyapmiz. Ikkala tomon ham rasmiy tartib-qoidalar böyiça ötkaziladigan qayta sinovni taşkil etiş ustida işlamoqda. Faktlarni aniqlaş hamda Leapmotor va mijozlarning huquq-manfaatlarini himoya qiliş uçun jarayon şaffof, xolis va adolatli böladi, deb umid qilamiz”, – deyiladi bayonotda.

Avvalroq Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi Leapmotor masalasida Xitoy kompaniyasi vakillari Özbekistonga kelişi va ularning iştirokida takroriy sinov ötkazilişini ma’lum qilgandi.