Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrel: Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmayapti
Yevropa Ittifoqi davlatlarining Ukrainaga qo‘shin yuborishi «kun tartibida emas va hech qachon bo‘lmagan», deb ma’lum qildi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida.
Foto: Reuters
Shu bilan birga, u Yevropa davlatlarining harbiy xizmatchilari Ukraina harbiylarini, xususan, G‘arb tanklari uchun maxsus ekipajlarni tayyorlashga jalb etilganini tasdiqladi.
«Ularning mashg‘ulotlari Yevropa Ittifoqi harbiy missiyasi doirasida Polsha va Germaniyadagi o‘quv lagerlarida allaqachon boshlangan. Bu avtomobil haydashni o‘rganishga o‘xshamaydi, bu bir necha haftalik o‘ta maxsus tayyorgarlikni talab qiladi», deb tushuntirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bir qator G‘arb davlatlari, jumladan, Germaniya va AQShning hozirgi pozitsiyasiga qaramay, Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish hali ham amalga oshirilishi mumkinligini istisno etmagandi.
Diplomatning 1 fevral kuni Kiyevda Yevropa Ittifoqi-Ukraina sammitidan oldin aytganidek, jangovar tanklar yetkazib berish ham avvaliga munozarali masala bo‘lgan, biroq yakunda konsensusga erishildi.
Shu bilan birga, Borrel Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi ehtimolidan qo‘rqish o‘tmishda Kiyevga G‘arb qurollarini yetkazib berishning har bir yangi bosqichidan oldin bildirilganini eslatdi. Uning o‘zi qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishni ma’qullaydimi, degan savolga diplomat javob bermadi.
«Mening vazifam - konsensusga erishish», - deya Borrelning so‘zlarini keltirgan dpa. Shu bilan birga, u bunday vaziyatda aralashmaslik uchun ochiqchasiga u yoki bu pozitsiyani egallamaslik kerakligini tushuntirdi.
Mavzuga oid
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
12:05 / 11.02.2026
AQSh Yevropadan Ukraina uchun yangi qurol xaridlarini kutmoqda
11:59 / 11.02.2026
Klichko: Kiyevda qariyb 1400 ta uy issiqliksiz qolmoqda
09:48 / 11.02.2026