Muslima

Ming afsuski, har yili, har onda dunyo böylab bolalar yöqolib turadi va ota-onalar baxtiga ularning aksariyati topiladi. Lekin bir nafar bedarak ketgan yoki jasadi topilgan bola ham ommani titratib taşlaydi. Hamma ğazabga minadi, qotilga eng oliy jazo, qiynoqlar qöllaş talab qilina boşlaydi.

Afsuski, ma’lum muddat diqqat markazida turgan mavzu asta-sekin e’tibordan tuşa boradi va hamma ehtiros bilan taklif qilgan ehtiyot çoralari ham navbatdagi bola yöqolgunga qadar deyarli unutiladi. 

Ota-ona uçun farzandidan ajraliş eng oğir azob bölsa, jigargöşasining bedarak yöqolişi aqldan ozdirgudek mavhumlik, dahşatli arosat ekani hammaga ayon. Ammo ming afsuski, bolalar turli sabablarga köra baribir yöqolib turadi, aksariyati keyinçalik topilsa-da, ayrimlari mutlaq bedarak ketadi...

Dunyo böyiça bu boradagi statistika bilan tanişib, dahşat va hayratdan yoqa uşlaymiz: jahonda har yili örta hisobda 8 million nafar bola yöqolar ekan. Axir bu yirik megapolis yoki örtaça bir davlat aholisi bilan teng. Qolaversa, bedarak ketganlarning norasida gödak ekani va himoyasiz qolişi mumkinligi vaziyatni yanada çigallaştiradi.

Bu örinda alohida ta’kidlaş kerakki, davlatning rivojlangani va boyligi, şuningdek, politsiyaning samarali işlaşi bolalar yöqolmasligining kafolati emas. Masalan, Yevropa Ittifoqida har yili 250 000 nafar, ya’ni har ikki daqiqada bittadan bola yöqoladi. AQŞdagi ma’lumotlar esa yanada qörqinçli. Har yili politsiyaga farzandini yöqotgan ota-onalardan 450 000 tadan 800 000 tagaça murojaat kelib tuşadi. Rossiyada har yili 15 000 bola yöqolgani röyxatga olinadi va ularning köpçiligi notinç oilalarning farzandlari ekani qayd etiladi. 

Bu boradagi eng oğir holat Afrika va Osiyoning ba’zi davlatlarida kuzatiladi. Garçi ularda aniq statistika yuritilmasa-da, vaziyat oğirligi köpçilik taşkilotlar tomonidan qayd etilgan.

Xitoyda bolalar öğirligi holati aks etgan quyidagi videolavha kişini çuqur öyga toldiradi.

 

Dunyo böyiça bedarak yöqolgan bolalarning köpçiligi odatda adaşib qolib, öz ota-onasini butkul unutib yuboradi, jinoiy guruhlar tomonidan farzandsiz oilalarga sotiladi yoki yanayam dahşatlisi – a’zolar uçun pullanadi. Albatta, bunday holatlar köp emas, lekin bola öğirlaş bilan şuğullanuvçi xalqaro jinoiy guruhlar borligi allaqaçon öz isbotini topgan. Lekin yöqolganidan keyin 15 yil ötib topilgan yoki ulğayganidan keyin özi ota-onasini suriştirib kelganlar ham uçraydi. Şu bois bedarak ketgan bolalarning ota-onalari hadik bilan birga umid bilan ham yaşaydilar.