Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya ulamolar kengashi bilan Samarqandda ziyorat turizmi bo‘yicha hamkorlik qilinadi
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Indoneziya ulamolar kengashi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Indoneziya vakillari bilan “halol” sertifikatini joriy qilish, ushbu mamlakat aholisini “Umra+” ziyorat dasturlari doirasida O‘zbekistonga safarlarini uyushtirish, qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish, ikki davlat hududlarida birgalikda turli anjumanlar va ko‘rgazmalar tashkil qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Indoneziya ulamolar kengashi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.
Indoneziya ulamolar kengashi mustaqil tashkilot bo‘lib, davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Kengash Indoneziyadagi eng yuqori islom ulamolari organi sifatida 1975 yil tashkil etilgan. Indoneziyada turli dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik va uyg‘unlikni ta’minlash, islom dinini mustahkamlash va rivojlantirish, ulamolarning milliy taraqqiyotdagi faol ishtirokini kuchaytirish, mahsulotlarga, oziq-ovqat, kosmetika, farmatsevtika va kiyim-kechak mahsulotlariga “halol” sertifikatini berish va boshqa masalalar kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
11:29 / 27.06.2026