Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Ukrainaga birinchi Leopard 2 tankini yubordi
Kanada Ukrainaga birinchi Leopard 2 tankini jo‘natdi. Bu haqda mamlakat milliy mudofaa vaziri Anita Anand xabar berdi.
Kanada qirollik harbiy-havo kuchlarining bortida tank bo‘lgan samolyoti Galifaksdan havoga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi Anita Anand.
Ottava Ukraina Qurolli kuchlarini g‘alaba uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlashda davom etadi, deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Kanada Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirgandi.
Ro‘yxatga Ottavaga ko‘ra, «Rossiya dezinformatsiyasi va tashviqotini tarqatish bilan shug‘ullangan» 38 jismoniy va 16 yuridik shaxs kiritilgan.
2014 yildan beri Ottavada Rossiya, Ukraina va Belarusdan deyarli 4000 kishi va tashkilotlarga nisbatan jazo choralari qo‘llangan, deya eslatadi Reuters.
2022 yil dekabr oyida Kanada hukumati sanksiyaga uchragan rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan Granite Capital Holdings Ltd kompaniyasining 26 million dollar (24 million yevro) aktivlarini musodara qilish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
14:59 / 28.06.2026