Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ukraina savdo-iqtisodiy yo‘nalishda aloqalarni jadallashtiradi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ukraina elchisini qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ukraina elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi.
Turli sohalardagi O‘zbekiston-Ukraina ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy yo‘nalishda aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Avvalroq O‘zbekistonning sut mahsulotlari sanoatida Ukraina standartlarini joriy etish masalalari muhokama qilingandi.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukraina oziq-ovqat xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat xizmati raisining o‘rinbosari Olga Shevchenko bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston aholisini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026