Özbekiston boş vaziri örinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov “Özbekistonda xizmat körsatgan iqtisodçi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, Jamşid Qöçqorov “davlat idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlaş, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantiriş va yangi bosqiçga kötariş, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşiriş borasidagi katta xizmatlari” uçun uşbu unvonga loyiq körilgan.

Ma’lumot uçun, Jamşid Qöçqorov 1964 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan. U mehnat faoliyatini 1985 yilda Kattaqörğon şahar temir yöl texnikasining katta hisobçisi sifatida boşlagan. 

1996—1997 yillarda Markaziy bank raisining örinbosari bölib işlagan. 1997 yilda Moliya vazirining örinbosari — Moliya vazirligining Davlat budjeti boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan va 2005 yilgaça işlagan. 2015—2016 yillarda moliya vazirining örinbosari, söngra moliya vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan.

2017—2020 yillarda Özbekiston boş vazirining makroiqtisodiy tahlil va başorat qiliş, moliya va bank tizimlarini isloh qiliş, xususiy tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş böyiça örinbosari lavozimida işlagan, Moliya vazirligini boşqargan.