Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Kun.uzʼga 5 yillik biznes muhiti tahlilini taqdim etdi. Unda tadbirkorlik sub’yektlari soni körilgan çoralar evaziga 1,8 barobarga oşgani haqida söz boradi. Institut iqtisodçisi Nodirbek Rasulovning ta’kidlaşiça, jiddiy iqtisodiy islohotlarga qaramay hududlarda biznes muhiti örtasida tafovut hali ham saqlanib qolmoqda: respublikadagi tadbirkorlik sub’yektlarining 20 foizdan oşiği Toşkent şahriga töğri kelyapti. Prezident farmoni bilan bu farqni bartaraf etiş işlari boşlangan. 

Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlillariga köra, 2017-2022 yillar davomida Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan 2000dan ziyod normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Institut normativ-huquqiy hujjatlar natijasidagi asosiy özgarişlar tahlilini ma’lum qildi.  

Institut loyiha rahbari Nodirbek Rasulovning sözlariga köra, hozirgi kungaça tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq 104 ta ruxsatnoma va litsenziyalar bekor qilingan. 33ga yaqin ruxsatnoma va litsenziyalar örniga xabardor etiş tizimi joriy qilindi. 

“Bundan taşqari, 13ga yaqin soliq turlari 9taga, 13ta soliq tekşiruvlari 3taga tuşirildi. Mahalliy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Özbekistonga olib kelinayotgan 3,5 mingga yaqin mahsulotlarga bojlar, 1100 tovarga aksiz soliği bekor qilindi. Şuningdek, xorijdan kelayotgan xomaşyo qimmatga tuşib ketmasligi uçun boj va aksiz bilan boğliq imkoniyatlar ham berildi. 300ga yaqin mahsulotlarning bojlari keskin kamaytirildi”, — deydi iqtisodçi.

Foto: Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 

2017 yilda Özbekistonda 283 mingga yaqin tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritgan bölsa, hozir ularning soni 523 mingdan ziyod. Ötgan davrda tadbirkorlik sub’yektlari soni 1,8 barobarga oşgan. 2021-2022 yillarda prezident tadbirkorlar bilan muloqot ötkazdi. 2021 yil avgustdagi muloqotda tadbirkorlar tomonidan 15 mingdan ziyod, 2022 yilda esa 8,5 ming e’tiroz va takliflar tuşgan.  

“Agar bu murojaatlarni tahlil qiladigan bölsak, tadbirkorlarning eng köp e’tirozi soliq, bojxona, xususiy mulk va tekşiruvlar bilan boğliq. Davlatimiz rahbari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni eng muhim masala sifatida e’tirof etyapti. Ammo xorij mamlakatlari bilan soliştirsak, hali köp qilinadigan işlar borligini körişimiz mumkin”, — deydi Nodirbek Rasulov.