Umid Obidxöjayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
U.Obidxöjayev 1987 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 2009 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toşkent islom universitetini, 2014 yilda Yaponiyaning Keyo universiteti magistratura bosqiçini hamda 2017 yilda Keyo universiteti doktorantura bosqiçini iqtisodiyot yönalişi böyiça tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2009 yilda Davlat mulki qömitasining Taşqi aloqalar va jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi yetakçi mutaxassisi lavozimida boşlagan.
U 2014–2016 yillarda Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki institutining infrastruktura investitsiyalari böyiça ilmiy xodim, 2017–2018 yillarda Osiyo taraqqiyot bankining Osiyo va Tinç okeani mintaqasidagi infratuzilma investitsiyalarini baholaş instituti loyihasi böyiça maslahatçisi, 2018–2019 yillarda Yaponiyadagi Keyo universitetida iqtisodiyot böyiça ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qiliş guruhi rahbari vazifasini vaqtinça bajarib, tayinlovga qadar Özbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori örinbosari lavozimida işlagan.












