Bloomberg: Rossiya dengiz orqali ko‘proq neft sotyapti, ammo daromadi pasayib boryapti
Rossiya neftini Osiyoga dengiz orqali yetkazib berish rekord darajaga yetdi, biroq Kremlning daromadlari xaridorlarga taklif qilingan chegirma tufayli pasayib bormoqda.

Foto: Shutterstock
Rossiya o‘tgan haftada iyun oyidan beri eng yuqori neft hajmini dengiz orqali yetkazib berdi, biroq sanksiyalar va yangi xaridorlarga majburiy chegirmalari tufayli Kremlning neft daromadlari kamaydi. Bu haqda 6 fevral, dushanba kuni Bloomberg agentligi xabar berdi.
Rossiya tomonidan Xitoy, Hindiston va Turkiyaga dengiz orqali yetkazib berilgan xom neft hajmi 3 fevralgacha bo‘lgan oyda kuniga 3,29 million barrelni tashkil etdi - bu o‘tgan oyga nisbatan kuniga 127 ming barrelga ko‘p va 2022 yil boshidagi Bloomberg monitoringi boshlanganidan beri mutlaq maksimumdir. "Drujba" quvuri orqali Yevropaga neft yetkazib berishning qisqarishi bilan bir vaqtda yetkazib berish o‘sdi.
Rossiyadan Yevropa mamlakatlariga dengiz xomashyosi eksporti kuniga 125 ming barrelgacha kamaydi va Bolgariya Yevropadagi yagona manzilga aylandi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga 1,5 million barreldan ortiq hajmdagi Yevropa bozori Rossiya tomonidan deyarli butunlay yo‘qolgan. «Uning o‘rnini Osiyodagi uzoq masofali yo‘nalishlar egalladi, ularga xizmat ko‘rsatish ancha qimmat va ko‘p vaqt talab etadi», — deb yozadi agentlik.
Osiyoga dengizdan neft yetkazib berish hajmi oshganiga qaramay, Kremlning uning eksportidan tushgan daromadi pasayib bormoqda, deya ta’kidlaydi Bloomberg. Agentlik buni tashqi bozorlarda Rossiyaning Urals neftiga chegirma bilan izohlaydi. Eksportdan tushgan daromad o‘tgan haftada 7 million dollarga kamayib, 50 million dollarga yetdi. Bir oy ichida o‘rtacha haftalik daromad 2 million dollarga tushib, 54 million dollarni tashkil qildi.
Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvarida Urals neftining o‘rtacha narxi bir barrel uchun 46,82 dollarni tashkil qilgan, bu bir yil avvalgiga nisbatan 35 dollarga kam, deb yozadi Bloomberg. 5 fevralda Yevropa Ittifoqining Rossiya neft mahsulotlarini yetkazib berishga qo‘ygan taqiqi kuchga kirdi. 2022 yil 5 dekabrdan boshlab Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga neft yetkazib berishiga embargo amal qilyapti.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari uchinchi mamlakatlarga sotiladigan Rossiya neftining narxini bir barrel uchun 60 dollar, Rossiya neft mahsulotlari uchun esa xomashyo turiga qarab bir barrelga 45 va 100 dollar qilib belgiladi.
Ushbu cheklovlar joriy etilishi tufayli yanvar oyida Rossiyaning neft va gaz daromadlari uchdan bir qismga qisqardi, dedi Xalqaro energetika agentligi (XEA) rahbari Fotih Birol. Uning so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyida Rossiya neft va gaz sotishdan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 milliard yevroga kam daromad olgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi
Sport | 01:57
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
Mavzuga oid

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025