YeÇL. Çorakfinal
«Arsenal» – «Real» 3:0
Gollar: Rays 58, 70, Merino 75
«Arsenal» – Rayya, Timber (Uayt, 90+1), Saliba, Kiver, Lyuis-Skelli, Parti, Rays (Tirni, 80), Edegor, Merino, Martinelli, Saka (Trossar, 74).
«Real» – Kurtua, Ryudiger, Asensio, Alaba (Garsiya, 79), Valverde, Kamavinga, Modriç (Vaskes, 71), Bellinghem, Rodrigo (Diaz 85), Mbappe, Vinisius.
Ogohlantirişlar: Parti (54), Kamavinga (70).
Çetlatiş: Kamavinga (90+4)

Mikel Artetadan bu mavsumda kaşfiyotçi böliş talab etilmoqda. Mavjud forvardlarning ikkisi (Gabriel Jyezus va Havers) jarohat olib, mavsum yakuniga qadar safdan çiqişi yarimhimoyaçi Merinoning ampluasini vaqtinçaga özgartirişni talab qildi. Mudofaaning çap qanotidagi muammolar esa bolaligidan beri maydon markazida öynaşga ixtisoslaşgan Lyuis-Skellining boşqa qirralarini oçişga yordam berdi. Natijada ispaniyalik tuğma töpurarligini, «kanonirlar» akademiyasining 18 yoşli tarbiyalanuvçisi esa lateral rolida ham juda yaxşi öynay olişini körsatdi va u nafaqat klubida, balki Angliya milliy jamoasida ham asosiy tarkibning almaştirib bölmas futbolçisiga aylandi.

Şunday ekan, APLning eng yaxşi markaziy himoyaçilaridan biri, qolaversa, raqib jamoa darvozasi atrofidagi standart vaziyatlarda keskinlikni ikki karraga oşiradigan Gabriel Magalyansning jarohatini Londonning qizil-oq qismi matonat bilan qabul qildi. Qolaversa — hatto Kalafiori va Tomiyasuning jarohatini hisobga olganda ham — Artetaning ixtiyorida markaziy himoyada öynaşi mumkin bölgan yana uç futbolçi qolgandi. Almaştirib bölmas Salibaning yoniga Kivior yoki Uaytdan birini tuşiriş mumkin edi. Ularning ikkinçisida öyin amaliyoti bölmagani tufayli murabbiy polşalik yoş futbolçini tanladi.

Şuni ta’kidlaş kerakki, Arteta qanotlarda foydalanayotgan futbolçilarning barçasi avval markazda ham öynagan. Bu jihat ispaniyalik mutaxassisning vatandoşlari bilan uçraşuv oldidan qanday taktik qarorlar qabul qilganini tuşuniş uçun muhimdir. Töpga egalik holatida «Arsenal» uç himoyaçi bilan öynadi (öngdagi Timber markaz tomon siljidi), Lyuis-Skelli esa tayanç zonasiga kötarilib, Partey bilan juftlik hosil qildi. Bu jamoaga töpni oldinga olib çiqişda qöşimça imkoniyatlar taqdim etdi, şuningdek, maydon markazida son jihatdan ustunlikni ta’minladi, «Real» markazida yoşi qirqqa qarab ketayotgan Modriç tuşganida bu ayniqsa qöl keldi, Karlo Ançelotti Valverdeni markazdan olib, mudofaaning öng qanotiga taşlagandi.