AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari ötgan hafta oxirida AQŞ va Kanada hududi ustidan ğarbdan şarqqa uçib ötgan va keyinroq urib tuşirilgan Xitoy dirijablining qoldiqlari suratlarini e’lon qildi.

4 fevral kuni dirijabl Janubiy Karolina ştati qirğoqlari yaqinidagi Atlantika okeani osmonida urib tuşirildi. Öşandan beri ğavvoslar maksimal miqdorda qoldiqlarni töplaş va bu orqali şarning texnik imkoniyatlari va maqsadini örganiş uçun okeanning eng tubigaça tuşmoqda.

Garçi Pekin dirijabl sof fuqarolik (göyoki meteorologik) maqsadlar uçun möljallangani va şamol uni AQŞ tomon olib ketganini aytayotgan bölsa-da, Vaşington uşbu havo şari razvedka ma’lumotlarini yiğiş uçun uçirilganini aytib, uning parvozi Amerika suverenitetini buziş ekanini ta’kidlamoqda.

3 fevral kuni, dirijabl hali havoda payti, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga ança oldin rejalaştirilgan safarini noma’lum muddatga qoldirgandi.

The Washington Post gazetasining razvedka hamjamiyatidagi anonim manbalarga tayangan holda yozişiça, AQŞ razvedka idoralari dirijablni Xitoy Xalq ozodlik armiyasi boşçiligidagi yanada kattaroq razvedka ma’lumotlarini yiğiş dasturi bilan boğlagan.

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi tomonidan Facebook tarmoğida e’lon qilingan suratlarda katta qoldiqlarning suvdan qayiqqa olib çiqilayotganini köriş mumkin. Postda aytilişiça, qoldiqlarni kötariş bilan flotning portlovçi moddalar böyiça mutaxassislari şuğullanmoqda.

AQŞ rasmiylarining sözlariga köra, dirijabl taxminan 60 metr balandlikda bölgan, uning savati hajmi böyiça örta masofaga uçuvçi samolyot bilan deyarli teng bölib, oğirligi yuzlab, balki minglab kilogrammni taşkil qilgan.

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari ma’lumotlariga köra, qoldiqlarni kötariş işlarida ikkita kema iştirok etmoqda, ulardan biri oğir yuklarni kötaruvçi kuçli kran bilan jihozlangan. Şuningdek, qoldiqlarni qidiriş uçun suvosti transport vositalari ham işlatilmoqda.