«AQŞ hukumati ayni vaqtda mamlakatning materikdagi qismida yuqori balandlikda uçayotgan razvedkaçi havo şarini aniqladi va kuzatib bormoqda», deyiladi harbiy idora xabarida.

Amerika naşrlariga köra, Pentagondagilar bu şar - xitoyliklarniki ekaniga şubha qilmayapti. AQŞ hukumati uşbu obekt borasida XXRga sörov yuborgan.

Oq uy vakillaridan birining aytişiça, Vaşington Pekinga vaziyatga juda jiddiy qarayotganini bildirgan.

Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Mao Nin Pekin xabarni tekşirayotganini ma’lum qilgan.

«Faktlar aniq bölmaguniça, spekulyatsiya va şovqin muammoga töğri yeçim topişga yordam bermasligini qayd etib ötmoqçiman», degan u juma kuni Pekindagi brifingda.

AQŞ mudofaa vazirligidagilar esa şar xitoyliklarniki ekaniga amin.

«Bu Xitoy şari ekaniga işonçimiz komil. Barça maxsus xizmatlarimiz va harbiy tahlilçilarimiz ham şu fikrda», degan Pentagon vakili.

Ekspertlarning sözlariga köra, bir neça kundan keyin AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Pekinga taşrif buyurişni rejalaştirganidan kelib çiqqan holda, şar bilan boğliq hodisani surbetlarça çaqiriq sifatida baholaş mumkin.

AQŞ harbiylari şarning razvedka ma’lumotlari yiğiş böyiça samaradorligi çeklanganini taxmin qilişmoqda.

Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns şu kunlarda Vaşingtondagi Jorjtaun universitetida qilgan çiqişida Xitoyni AQŞ uçun eng katta geopolitik muammo deb atagandi.

Urib tuşirmaslikka qaror qilişgan

Amerika hukumati ulkan hajmi tufayli şarni urib tuşirmaslikka qaror qilgan. Şunga qaramay, qiruvçi samolyotlar havoga kötarilgan.

«Men aniq ölçamlarni aytmayman. Bizning baholarimizga köra, uning hajmi ulkan va agar biz uni urib tuşirsak, yerga tuşgan parçalari quruqlikda vayrongarçiliklar keltirib çiqarişi mumkin. U ança yuqorida ekaniga qaramay, uçuvçilar bu jismni körgani haqida xabarlar bor», degan Pentagon vakili.

Xabar qilişlariça, şar juda yuqorida harakatlanayotgani tufayli fuqarolik aviatsiyasiga tahdid solmaydi.

«Şar ayni vaqtda tijoriy havo qatnovlari amalga oşiriladigan balandlikdan ança yuqorida uçmoqda va quruqlikdagi odamlarga heç qanday xavf tuğdirmaydi», deyiladi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayderning bayonotida.