Toshkent shahriga 1 aprelga qadar mingta avtobus olib kelinadi
Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Foto: Kun.uz
Mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash uchun Toshkent shahriga 1,4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Shuningdek, «Ochiq budjet» doirasida mahallalar infratuzilmasiga 573 milliard so‘m ajratiladi.
Prezident mahallalarni obodonlashtirish, tarmoqlar, yo‘llar, suv inshootlarini ta’mirlash ishlariga yana qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini ta’kidladi. Shuning uchun shahardagi 584 ta mahallaning har biriga budjetdan qo‘shimcha 1 milliard so‘mdan, jami yana 584 milliard so‘m ajratishga qaror qilindi.
«Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz», dedi prezident.
Yig‘ilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
«Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib ko‘rdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga chiqadi», dedi davlat rahbari.
Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.
Jumladan:
- 1 aprelga qadar qo‘shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;
- 25 ta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi;
- yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yo‘lovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;
- 20 ta oqim yuqori ko‘chalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi;
- Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Endi radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jarima qo‘llanmaydi
O‘zbekiston | 15:21
-
OAV: Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Jahon | 15:11
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

20:17 / 07.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

07:39 / 08.05.2025