Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Birlaşgan millatlar taşkiloti Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNESKO) tomonidan ta’sis etilgan Feliks Ufuet-Buanya tinçlik mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlaş marosimi 8 fevral kuni Kot-d’Ivuar poytaxti Yamusukro şahrida bölib ötdi. Mukofot uşbu Afrika davlatining birinçi prezidenti nomi bilan atalgan. Tadbir Afrika davlat rahbarlari taklif etilgan Feliks Ufue-Buanya Tinçlik tadqiqot jamğarmasining 50 yilligiga töğri keldi.

Merkelning Kot-d’Ivuar poytaxtiga kelişini uning surati tuşirilgan ulkan plakatlar bildirib turdi. Yamusukro köçalarida odamlar Angela Merkeldan qoyil qolişganini yaşirmayapti. «Men gazetada u Feliks Ufue-Buanya tinçlik mukofotini olişini öqidim. U bunga loyiq, çunki ajoyib ayol. U tinçlik uçun juda köp iş qildi», - deydi mahalliy aholidan biri DW naşriga bergan intervyusida. Boşqa bir suhbatdoş qöşimça qildi: «U haqiqatan ham ajoyib ayol. Biz u kabi bölişni xohlaymiz». «U haqiqiy lider edi. Köp narsaga erişdi. Muhojirlarni Yevropaga olib kelişga yordam berdi va minglab qoçqinlar uçun eşiklarni oçdi», - deya maqtadi Merkelni yana bir şaharlik.

Germaniya sobiq kansleri 2015 yilda Suriya, Iroq va Afğonistondan kelayotgan qoçqinlarning katta oqimi tufayli Yevropada inqirozni bartaraf etişga qöşgan hissasi uçun YuNESKO mukofoti bilan taqdirlangan. Öşanda u öz mamlakatini minglab qoçqinlar uçun oçdi. Angela Merkelning 2015 yil 31 avgustda aytgan iborasi – «Biz buni uddalay olamiz» – öşa paytdagi kanslerga nisbatan ham hurmat, ham tanqid uyğotib, tarixga kirdi. Merkel migratsiya siyosatiga ijobiy signal berdi.

«Hakamlar hay’atining barça a’zolari 2015 yilda Suriya, Iroq, Afğoniston va Eritreyadan bir milliondan ortiq qoçqinni qabul qiliş haqidagi qaroringizdan ta’sirlandilar», dedi hay’at raisi, 2018 yilgi tinçlik mukofoti laureati Denis Mukvege. Bu Merkel tarixda qoldirgan saboq, dedi Mukvege.

YuNESKO boş kotibi Odri Azule ham Angela Merkelning xizmatlarini qayd etdi: «Tinçlik yaratiş - jabr çekayotganlar uçun eşiklarni oçiş demakdir. Hakamlar hay’atining qarori muhojirlarni qabul qiliş va ularga bölgan munosabatimiz birinçi örinda ekanligini eslatib turadi».

Feliks Ufue-Buanya mukofoti 1991 yildan beri har yili inson huquqlarini himoya qiliş, tinçlikni saqlaşga katta hissa qöşgan muassasa va taşkilotlarga beriladi. Uni birinçi bölib aparteidga qarşi kuraşçi Nelson Mandela, Janubiy Afrika prezidenti Villem de Klerk oldi. 150 ming dollar va oltin medal olgan sovrindorlar orasida Ispaniya qiroli Xuan Karlos, AQŞ sobiq prezidenti Jimmi Karter, Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland va boşqalar bor.