Polşa siyosatçilari Angela Merkelning Ukrainadagi uruş arafasida Varşava harakatlari haqidagi bahsli sözlariga izoh berdi. Ular bu haqda 6 oktyabr, duşanba kuni aytib ötdi.
Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy matbuot anjumanida Merkelning sözlariga işonmaslik kerakligini aytdi: «Men bu sözlarni kanslerning Markaziy Yevropada «Şimoliy oqim»ga heç kim norozilik bildirmagani haqidagi bayonoti bilan bir xil talqin qilaman. Eslatib ötaman, öşanda men orqamizdan tuzilgan kelişuvlarni yoqtirmasligimizni aytgandim. Kansler öşanda ham unga qanday qaraganini esdan çiqargan bölsa kerak».
Polşaning sobiq boş vaziri Mateuş Moravetskiy ham keskin tanqid bilan çiqdi. U 2017 yildan 2023 yilgaça Polşa vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilgan, ya’ni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan oldingi yillarda Merkelning hamkasbi bölgan. Polşa siyosatçisining fikriça, u Yevropaning uruşga hissa qöşgan Rossiyaga qaramligi uçun javobgardir. «Merkel Putinni tanladi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
«Demak, Yevropani Kremlga qaram qilib qöygan kansler aybdor emas, balki Putin tahdididan ogohlantirgan Polşa aybdor ekanmi? Bu ğayrioddiy — qurbon va aybdorni almaştiriş», — deb hisoblaydi Moravetskiy. «Merkel Rossiya bilan murosa yölini tanladi, ammo uruş baribir yuz berdi. Endi esa u Polşani ayblamoqda», — deya qöşimça qildi u.
«Biz natijalarni Buça, Mariupol, Lviv va Kiyevda kördik — yaqinda şarqiy Polşa osmonida, Daniya aeroportlarida va butun Skandinaviyada», — deb yozadi Moravetskiy. Uning sözlariga köra, Merkel siyosati Yevropadagi uruş, energiya inqirozi va iqtisodiy yöqotişlarning sabablaridan biri bölgan.
Vengriyaning Partizán naşriga bergan intervyusida Angela Merkel 2021 yil iyun oyida «Putin Minsk kelişuvlarini endi jiddiy qabul qilmayotganini his qilganini» aytdi. Öşanda kansler, uning sözlariga köra, Kreml bilan muzokaralar uçun «yangi format»ni xohlagan, ammo bu reja, göyoki Polşa va Boltiqböyi davlatlarining qarşiliklari tufayli barbod bölgan.
Merkel Rossiya bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçragani va Ukrainada uruş boşlanişiga yordam berganlikda bevosita heç bir tomonni ayblamadi. Şunga qaramay, köplab ommaviy axborot vositalari uning sözlarini şunday talqin qildi.













