Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: YeI bosqinning bir yilligi arafasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
Germaniya va Yevropa Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi, deb ma’lum qildi Germaniya kansleri YeIning favqulodda sammiti arafasida Bundestagda.
Yevropa Ittifoqi Ukrainada harbiy amaliyotlarni davom ettirayotgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytiradi. Germaniya kansleri Olaf Shols 8 fevral, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqining favqulodda sammiti oldidan Bundestagda bergan bayonotida Rossiya prezidenti Vladimir Putin na jang maydonida, na tinchlik bitimi orqali o‘z maqsadlariga erisha olmasligini ma’lum qildi. Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishining bir yilligi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi jazo choralarini joriy qiladi, dedi Shols.
U Yevropa Ittifoqi Ukrainani «kerak bo‘lgan vaqtgacha» qo‘llab-quvvatlashiga va’da berdi. Kansler Germaniya Kiyevga eng katta moliyaviy yordam ko‘rsatayotgan davlatlardan biri ekanligini ta’kidladi. «Biz qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha ham Yevropa qit’asida hammadan ancha oldindamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Shols birlashishni G‘arb davlatlarining eng katta foydasi deb atadi va «jangovar tanklar, suvosti kemalari, samolyotlar - kim ko‘proq narsani talab qiladi - shiori ostidagi ommaviy savdolar»ni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday muhokama va kelishmovchiliklardan faqat Rossiya prezidenti va uning tashviqoti foyda ko‘radi.
Bundan tashqari, Germaniya kansleri Ukrainaga ko‘rsatilayotgan barcha yordamga qaramay, NATO Rossiya bilan harbiy mojaroda tomonlardan biriga aylanmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, u Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha hamkorlar bilan ishlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirishga va’da berdi.
Shols 2022 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan YeI sammitida Ukrainaga Yevropa integratsiyasi yo‘lida qo‘llab-quvvatlash va’dasini esladi. Yaqinlashib kelayotgan favqulodda sammitda YeI davlatlari Ukrainaning Yevropa yo‘liga sodiqligini yana bir bor tasdiqlamoqchi, deya ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari. Ukraina Yevropaga tegishli va uning kelajagi - Yevropa Ittifoqi doirasida, deb qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.
8 va 9 fevral kunlari Bryusselda Yevropa Ittifoqining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi. Asosiy mavzulardan biri Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026