2014-2015 yillarda bozorlarda xaridor biror tovarning narxini söraganida sotuvçidan “Naqdmi yoki plastik?” degan savolni eşitardi. Sotuvçi aytadigan narx xaridorning şu savolga javobidan kelib çiqqan: tölov naqd pul körinişida bölsa arzonroq, plastik karta orqali bölsa 10-15 foiz qimmat. Maoşini plastik kartada olgani uçun xaridor tovarni ustama narx bilan xarid qilişga majbur edi.      

Öşa kezlarda naqd va naqdsiz pulning tölov qobiliyati bir xil kuçga ega bölmagan. Qolaversa, xizmat körsatiş tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlari töliq terminal apparati bilan ta’minlanmagani (borlari ham yaşirib ötirişardi) muammoni yanada çuqurlaştirgan: tadbirkorda tovar bor, terminal apparati yöq, xaridorda esa plastik karta bor, naqd pul yöq. Ayni mana şu nuqta, ya’ni erkin savdo qila olmaslik insonlarda plastik kartasidagi pulni naqdlaştirib oliş majburiyatini yuzaga keltirgandi. Buning oqibatida “qora bozorda” plastik kartalarni naqdlaştiriş xizmatini körsatuvçi “tadbirkorlar” köpayib ketdi. Xizmat narxi 15, hatto 20 foizgaça yetdi: bir oy işlab, peşona teri bilan topgan maoşini naqd pul körinişiga keltirib oliş uçun uning beşdan bir qismidan voz keçiş oğir bölgan, albatta.  

Ayni şu jarayon insonlar taqdiriga ham ta’sir qilgani ayançli. Kun.uz muxbirining samarqandlik suhbatdoşi, 41 yoşli erkak öşa kunlarni şunday eslaydi:

“2015 yil edi. Sanoat korxonasida işlayman. Maoşimiz töliq plastik kartada beriladi. Dadam bir kuni oğirroq betob bölib, şifoxonaga tuşib qoldi. Naqd pul hammada muammo, birov birovga qarz berib turişi qiyin bölgan vaziyat. Dadam operatsiya qilinişi kerak, rasmiy va “norasmiy” tölovlar naqd pulda. Plastik kartamda pul bor, ammo uni naqd qilib bölmayapti. U tomonga yuguraman, bu tomonga yuguraman, foydasiz. Telefon qilmagan tanişim qolmadi, heç kim pulni naqd qilib berolmayapti. Oxiri Mirbozordan 30 foizga şunaqa iş qiladigan “tadbirkor” topildi. Rozi böldim. Rozi bölmay ilojim ham yöq edi-da. Plastik kartamdan 5 mln söm yeçib olib, qölimga 3,5 mln söm naqd pul bergan.

Dadam ayni şu sababli operatsiyaga biroz keçikib kirgan. Oradan köp ötmay esa vafot etdi. Könglimdan agar öşanda şu muammo bölmaganida dadam vaqtida operatsiya qilinar va balki uzoqroq umr körarmidi, degan öy ötadi gohida”.

Muammodan oddiy odamlar aziyat çekkan va kamiga muammoni hal qiliş uçun ularning özi 15-20 foizlik “tovon” tölagan. Bundan esa bank bilan kelişib, “naqdlaştiriş” sxemasini tuzib olgan firibgarlarning piçoği moy ustida bölgan.

Jurnalist Jamşid Niyozov 2015 yilda yozgan blogida şunday fikrlarni keltirib