Rossiya Ukrainaga yangi raketa zarbalari berdi
Rossiya Ukrainaga yangi raketa zarbalari berdi. Guvohlar va Ukraina ommaviy axborot vositalari Poltava, Odessa, Mikolayiv, Zaporijjya, Dnipropetrovsk viloyatlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlayotgani haqida xabar bermoqda.
Mikolayiv viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Vitaliy Kimning yozishicha, raketalarning ikkinchi to‘lqini uchirilgan, ulardan kamida bittasi mintaqa tomon uchib kelmoqda. Yana ikkita raketa Odessa viloyati tomon uchirilgan.
Xarkivda ertalab soat 10 larda muhim infratuzilmaga zarar yetdi, dedi shahar meri Igor Terexov. Elektr va boshqa kommunal xizmatlar ishida uzilishlar kutilmoqda. Kiyev va Kiyev viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlashda davom etmoqda. Xalq deputati Mariya Mezenseva dastlab Ukraina poytaxtiga zarba (raketalar nishonga yetib borgan) bo‘lganini ma’lum qildi, biroq keyin havo hujumidan mudofaa tizimi ishlaganiga oydinlik kiritdi.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Xarkiv, Kiyev shahri va Kiyev viloyatidagi portlashlar haqida yozmoqda. Poytaxtda, mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketgan.
Ukraina jamoatchiligi o‘z mintaqalarida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotgani va portlashlar haqida xabar berishda davom etmoqda. Ularning yozishicha, Kirovograd, Poltava, Xarkiv viloyatlarida havo mudofaa tizimi ishlayapti, Mikolayiv va Kremenchug shahrida portlashlar eshitilgan.
«Ukrenergo» kompaniyasi sharqiy, g‘arbiy va janubiy hududlardagi yuqori voltli infratuzilmaga raketa zarbalari sodir bo‘lgani, bu esa ba’zi hududlarda elektr energiyasi uzilishiga olib kelganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
19:27
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
17:24
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
15:42