Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda hijoma taqiqlandi
Chaqaloqning yuzini kesib, hijoma qilingani haqidagi videolavha tarqalgach, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday amaliyotga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi tug‘ilgan chaqaloq yuzini o‘tkir tig‘ bilan kesib, hijoma qilib «davolagan» muassasada tekshiruv o‘tkazdi.
Qayd qilinishicha, vazirlik buni «noqonuniy tibbiy faoliyat» deb baholagan. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ushbu videoga ko‘ra, Atirau viloyati prokuraturasi tekshirish o‘tkazdi. Tekshiruv allaqachon yakunlangan. Biz bu noqonuniy tibbiy faoliyat ekanini aniqladik», deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik xulosasiga ko‘ra, hijomani litsenziyaga ega bo‘lmagan hamshira bajargan. Davolash maskani bo‘yicha to‘plangan materiallar prokuraturaga yuborilgan. Uning faoliyatini taqiqlash uchun sudga da’vo kiritilishi rejalashtirmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, tibbiy faoliyatning barcha turlari litsenziyalangan bo‘lishi kerak.
«An’anaviy terapiyani ham litsenziyalash ko‘zda tutilgan, jumladan, ignaterapiya, fitoterapiya va boshqalar. Hijoma bu ro‘yxatda yo‘q, shuning uchun biz uni noqonuniy faoliyat deb baholaymiz. Hijoma taqiqlangan», dedi Tibbiyot va farmatsevtika nazorati qo‘mitasi raisi Laura Axmetniyazova.
Hijoma — teri yuzasini kesib, qon oqizish amaliyoti. U Islom dinida sunnat amali hisoblanadi, ammo muhim cheklovlari ham bor.
Avvalroq, Qozog‘istonda chaqaloq yuzini kesib, hijoma qilingani haqidagi videolavha ko‘plab bahs-munozaralarga, huquq himoyachilari, tibbiyot xodimlari va olimlar e’tiroziga sabab bo‘ldi. Shundan keyin qozog‘istonliklar bolalarni hijoma qilishni taqiqlash haqidagi petitsiya uchun imzo to‘plashni boshlagan edi.
Mavzuga oid
18:26 / 01.05.2026
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026