Rossiya Markaziy banki (MB) direktorlar kengaşi ketma-ket uçinçi marta asosiy stavkani 7,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu haqda 10 fevral, juma kuni bölib ötgan yiğiliş yakunlari böyiça regulyator saytida ma’lum qilindi.

«Joriy narxlarning ösiş sur’atlari barqaror tarkibiy qismlar böyiça mö’tadil bölib qolmoqda. Aholining va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari pasaygan, ammo yuqori darajada saqlanib qolmoqda», - deya izoh berdi Markaziy bank qarorga.

Regulyatorning ta’kidlaşiça, iqtisodiy faollik dinamikasi oktabr oyidagi prognozdan yaxşiroq, ammo aholi hali ham «iste’molçilik xatti-harakatlarida ehtiyotkor» va şu bilan birga, «iste’molçilik faolligining tiklaniş belgilari mavjud».

Markaziy bank prognoziga köra, joriy yilda Rossiyada yillik inflatsiya 5-7 foiz oraliğida böladi va 2024 yilda 4 foiz darajasiga qaytadi. 6 fevral holatiga köra, yillik inflatsiya 11,8 foizni taşkil etib, 2022 yil dekabriga nisbatan bir foizga kamaydi.

«Budjet taqçilligi qöşimça ravişda kengaygan taqdirda inflatsiyaga qarşi risklar kuçayadi va inflatsiyani 2024 yilda belgilangan körsatkiçga qaytariş va kelgusida uni 4 foizga yaqin uşlab turiş uçun qat’iyroq pul-kredit siyosati talab qilinişi mumkin», — deya ogohlantirdi regulyator.

Bundan taşqari, Markaziy bank sanoatning ayrim tarmoqlarida işçi kuçining yetişmasligi va yuqori inflyatsion kutilmalarni inflatsiyaga moyil risklar bilan izohladi. «Taşqi savdo va moliyaviy çeklovlarning yanada kuçayişi Rossiya eksportiga taşqi talabni zaiflaştirişi va valuta kursi dinamikasi orqali inflatsiyaga qarşi ta’sir körsatişi mumkin. Öz navbatida, mavjud taşqi çeklovlarning Rossiya iqtisodiyoti salohiyatiga salbiy ta’siri kuçliroq bölişi mumkin, bu ham muhim proinflatsiya xatari hisoblanadi», deb ta’kidladi Markaziy bank.