Sloveniya Lyublyana va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Sloveniya bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Doimiy ravishda qo‘shma biznes-forumlari va «O‘zbekiston va Sloveniyada ishlab chiqarilgan» ko‘rgazmalarini o‘tkazish orqali investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Energetika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoati, infratuzilma qurilishi va IT-texnologiyalari sohalari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning eng ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Sloveniya delegatsiyasi rahbari ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida charter va muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi keyingi amaliy qadamlarni muhokama qilish uchun aviatsiya idoralari o‘rtasida onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi.
Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Sloveniya Hukumatlararo komissiyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urush shov-shuvi, «Chashma» kelishuvi, chegaradan qaytgan turkman pomidori va safari qoldirilgan Meloni
Jahon | 13:30
-
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
Sport | 12:45
-
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekiston | 12:18
-
Vatikanda Fransiskning dafn marosimiga 200 ming kishi yig‘ildi – fotosuratlar
Jahon | 11:19
Mavzuga oid

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

13:49 / 12.04.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yana bir muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

13:13 / 25.03.2025
Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi

16:52 / 18.03.2025