Toshkent viloyatida ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi
Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahriga olib boruvchi bir qancha avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi.
Toshkent viloyati transport boshqarmasi xabariga ko‘ra, quyidagi avtobus yo‘nalishlari «Food City» savdo majmuasi avtoshohbekatigacha uzaytirildi:
- VH 344 «Oqqo‘rg‘on AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 376 «Yangibozor AShB – Qo‘yliq kiyim bozori»;
- VH 391 «Bo‘ka dehqon bozori – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 426 «Nurafshon AShB – O‘rtasaroy qo‘rg‘oni – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 428 «Piskent AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 444 «Toshovul qishlog‘i – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 606 «Do‘stobod AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 500 «G‘ishtko‘prik chegara blok posti – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 591 «Nurafshon AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 204 «Do‘stobod AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 251 «Bekobod AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- VH 326 «Olmaliq AShB – Chilonzor buyum bozori»;
Yo‘nalishli taksi (mikroavtobuslar):
- 220 «Yangiyo‘l dehqon bozori – Viloyat shifoxonasi»;
- 265 «Qiziltog‘ q. – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- 276 «Chirchiq AShB – Chirchiq davlat Pedagogika instituti – Qo‘yliq kiyim bozori»;
- 326 «Olmaliq AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- 365 «Nazarovul – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- 367 «Yangibozor AShB – Qo‘yliq kiyim bozori»;
- 369 «Hasanboy qishlog‘i – Viloyat Markaziy shifoxonasi»;
- 371 «Jumabozor qo‘rg‘oni – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- 391 «Bo‘ka dehqon bozori – Qo‘ylik dehqon bozori»;
- 396 «Ohangaron dehqon bozori – Qo‘yliq kiyim bozori»;
- 422 «Yangihayot qo‘rg‘oni – Nurafshon AShB – Qo‘yliq dehqon bozori»;
- 527 «Chirchiq AShB – Qo‘yliq kiyim bozori»;
- 246 «Yangiobod qo‘rg‘oni – Qo‘yliq kiyim bozori».
Ushbu yo‘nalishlardagi transport endi «Food City» savdo majmuasi avtoshohbekati orqali harakatlanadi. O‘zgarishlar Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi tirbandliklarning oldini olish va Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bog‘liq ekanligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
19:32 / 30.10.2024
Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi
14:14 / 24.10.2024
Poytaxt drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratildi
15:35 / 21.10.2024