Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zemfira va sobiq deputat Gudkov Rossiyada «xorijiy agent» deb tan olindi
Rossiya Adliya vazirligi qo‘shiqchi Zemfira, shuningdek, sobiq deputat Dmitriy Gudkov va siyosatshunos Abbos Galyamovni «xorijiy agentlar» reyestriga kiritdi.
Rossiyalik qo‘shiqchi Zemfira 10 fevral, juma kuni Rossiya Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan «xorijiy agentlar» reyestriga kiritildi. Rossiya departamenti bu qarorni san’atkorning «Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarda urushga qarshi chaqiriqlar yangragan konsertlar o‘tkazganligi, xorijiy manbalardan yordam olgani» bilan asoslaydi.
Bundan tashqari, Rossiya Adliya vazirligi bu ro‘yxatga Davlat dumasining sobiq deputati Dmitriy Gudkov va siyosatshunos Abbos Galyamovni ham kiritdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Gudkov «Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirgan, xorijiy tuzilmalar taqdim etgan axborot platformalarida ekspert va respondent sifatida ishtirok etgan». Adliya vazirligiga ko‘ra, Galyamov xorijiy tadbirlarda nutq so‘zlagan, shuningdek, «xorijiy agentlar tomonidan yaratilgan materiallarni tarqatgan» va urushga qarshi chiqqan.
Ular bilan birgalikda Rossiya idorasi yozuvchi Aleksandra Kazanseva, «Nasiliyu.net» jamg‘armasi rahbari Anna Rivina, jurnalist Sergey Aslanyan, matematik Sergey Shpilkin va faol Tatyana Namazbayevalarni «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritdi. Ular ko‘pchiligining Adliya vazirligi ro‘yxatiga qo‘shishga sabab sifatida «davlat organlari faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar» tarqatilishi, deb ko‘rsatilgan.
2023 yil boshida Rossiya hukumati qo‘shiqchi Monetochka va musiqa tanqidchisi Artemiy Troitskiyni ro‘yxatga kiritdi, ammo ular shundoq ham uzun ro‘yxatni shunchaki to‘ldirdi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025